Urumchi va Samarqand o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi

China Southern Airlines aviakompaniyasi Urumchi va Samarqand o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Transport vazirligi xabar bermoqda. Shuningdek, Xitoy aviakompaniyasi Pekin-Toshkent yo‘nalishida parvozlar chastotasini oshirishni maqsad qiilgan.

Kuni kecha Xitoy aviakompaniyasi vakillari Transport vazirligida bo’lib, mamlakatlar oʻrtasidagi havo aloqalarini kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi. China Southern aviakompaniyasi Urumchidan Samarqandga parvozlarni tashkil etish rejasini bildirdi.

Shuningdek, ular Pekin va Toshkent oʻrtasidagi reyslar sonini haftasiga toʻrt martaga yetkazishni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi bilan kodshering kelishuvi doirasida qo‘shma parvozlarni amalga oshirish masalasi muhokama qilindi. Transport vazirligi aviatsiyadagi joriy cheklovlar haqidagi maʼlumot bilan oʻrtoqlashdi va oktyabr oyida Oʻzbekiston va Xitoy aviatsiya maʼmuriyatlari oʻrtasida muzokaralar oʻtkazilishini maʼlum qildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan