Yandex ta’sischisi Rossiyaning harbiy amaliyotiga qarshi chiqdi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Dushanba, Okt 2, 2023
Yandex ta’sischisi Arkadiy Volojning ta’kidlashicha, uning jim turishiga ko’p sabablar bo’lgan. “Men urushga qarshiman”, – deydi u RBK nashriga bergan intervyusida.
Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi bir yil ichida harbiy harakatlar haqida uning fikrini bilish uchun ko‘plab savollar berishgan, ayniqsa, shu haftada yanada ko’paygan.
Tadbirkor Ukrainada do‘stlari va qarindoshlari yashayotganini va u “dahshatga tushganini” ta’kidlaydi.
“Rossiyada 2014-yildan beri yashamasligimga qaramay, mamlakat harakatlari uchun mening ham mas’uliyatim borligini tushunaman”, dedi u.
Volojning soʻzlariga koʻra, u 2014-yilda Isroilga koʻchib oʻtgan va shundan soʻng “Yandex”ning xalqaro loyihalarini ishlab chiqish bilan shugʻullangan.
“2022-yil fevral oyida dunyo o‘zgardi va men “Yandex” bilan bog’liq voqealar tugaganini angladim”, dedi u.