“Ohangarancement”ga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarga izoh berildi

Markaziy bank rahbari “Ohangarancement”ga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarga izoh berdi.
Ta’kidlanishicha, zavod o’z faoliyatini davom ettirmoqda va xorijiy valyutadagi qarzlar bo’yicha majburiyatlarni bajarishda davom etmoqda.

Nurmuratovning aytishicha, prezident tomonidan ishchi guruh tuzilgan. U yaqinda Qo’shma Shtatlarga tashrif buyurdi va u yerda o’z e’tirozlari va xavotirlarini bildirdi.

Hozir “Ohangarancement” ishi muammosiz davom etmoqda, yaʼni kombinat faoliyatida milliy valyutada hech qanday cheklovlar yoʻqligiga aniqlik kiritdik. Dollardagi operatsiyalarga kelsak, majburiyatlar bo’yicha davom etadi. Eksport masalalarida esa yakka tartibda yondashamiz”, – dedi u.

Shuningdek, uning soʻzlariga koʻra, ishchi guruhga Bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Xoʻjayev rahbarlik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning aprel oyida “Ohangarancement” sement zavodi AQSh sanksiyalari ostida qolgan edi.

Eslatib o‘tamiz, sanksiyalar Usmonov xoldingining barcha kompaniyalari – Metalloinvest, USM Telecom va Megafon kompaniyalariga ham tegishli edi. Shuningdek, “Metalloinvest” tarkibiga kiruvchi korxonalar – Mixaylovskiy tog‘-kon boyitish kombinati, Lebedinskiy GOK va OEMKga ham cheklovlar kiritildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan