Eng koʻp uzum Surxondaryo viloyatida yetishtirilgan

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Dushanba, Okt 2, 2023
Uzum yetishtirish hajmi 2,7 %ga oshgan. Eng koʻp hosil Surxondaryo viloyatida olingan
Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning yanvar-iyun oylarida barcha toifadagi xoʻjaliklar tomonidan qariyb 50 ming tonna uzum yetishtirilgan.
Bu koʻrsatkich 2022 yilning mos davri bilan solishtirganda 2,7 %ga oshgan.
Oʻzbekistonda yetishtirilgan uzum umumiy hajmining qariyb uchdan bir qismi Surxondaryo viloyati (29,2 %) hissasiga toʻgʻri keldi.
Shuningdek, yuqori ulush Namangan (15,1 %), Qashqadaryo (12,4 %), Buxoro (12,2 %) va Samarqand (8,9 %) viloyatlarida qayd etilgan.
Uzum yetishtirishning umumiy hajmidagi ulushining eng past koʻrsatkichlari Qoraqalpogʻiston Respublikasida (0,7 %), Jizzax viloyatida (1,4 %)ga toʻgʻri kelgani kuzatildi.