Bo'lim: Без рубрики

Vision Industries. O‘zbekistonda yangi kompaniya ish boshlashi kutilmoqda

Kompaniya shamol energetikasi tizimlari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi. Saudiya Arabistonining Vision Industries kompaniyasi O‘zbekistonda ish boshlashni rejalashtirmoqda. Yaqinda vazir oʻrinbosari Oybek Hamroev Vision Industries kompaniyasining biznesni rivojlantirish boʻyicha direktori Mohamed Bou-Zeid bilan uchrashdi. Bu haqda ISSV matbuot xizmati xabar bermoqda. Uchrashuv davomida shamol energetikasi tizimlari uchun butlovchi qismlarni mahalliylashtirish sohasidagi loyihalarni amalga […]

Batafsil...

Hayot xavf ostida: Ussuriya 10 yil ichida eng katta suv toshqini bilan qanday kurashmoqda

Primore o’lkasi – Rossiyaning eng ko’p suv toshqini bo’lgan mintaqalaridan biri. Hatto kuchli tayfunlar uni chetlab o’tganda ham, kuchsizroq siklonlar daryolarda suvning sezilarli darajada ko’tarilishiga va natijada toshqinlarga olib kelishi mumkin. Ammo tabiatning bunday injiqliklariga o‘rganib qolgan hudud uchun ham avgust oyida sodir bo‘lgan suv toshqini odatiy hol emas. Ussuriya shahri uchun u so’nggi 10 […]

Batafsil...

O’zbekistonda ayni paytda qancha qurilish korxonalari ro’yxatdan o’tgan?

So‘nggi yillarda qurilish sohasida korxonalar soni qanchaga ko‘paydi? 2023-yil 1-avgust holatiga qurilish sohasida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning soni 52 057 ta bo‘lib, ularning o‘sish sur’ati 2022-yilning mos davriga nisbatan 108,8 foizni tashkil etdi. Oxirgi besh yillikning mos davrida ushbu sohada ro‘yxatdan o‘tgan korxonalarning dinamikasi quyidagicha: 2019-yilda – 34 553 ta 2020-yilda – 41 479 ta 2021-yilda […]

Batafsil...

Bugun, 10-avgust, soat 11:00 dan boshlab tijorat banklaridagi AQSH dollarining kursi keskin oshdi. Dollar kursi birdaniga 400 soʻmdan ortiqroqqa qimmatladi. 1 dollar qiymati 12000 dan oshdi. Bu asosiy savdo-hamkor davlatlar milliy valyutalarining sezilarli qadrsizlanishi bilan bogʻlanmoqda.

Batafsil...

UzAuto Motors 8 oylik tanaffusdan so’ng  shartnoma berish boshlanganini eʻlon qilgandi. Avtosalonlarda katta navbatlar yuzaga keldi. Monopol kompaniya esa kontraktasiyani ochganidan 24 soat o’tmay, yana nomaʻlum muddatga yopdi.

Batafsil...

Ha, ha bu biz..

Ha, ha bu biz.. peshonamizdan ter oqizib topgan pullarimizni yemay, ichmay kontraktga, remontga, mashinaga, to’yga xursand bo’lib to’playdiganlar haa biz!. Sayohatga, dam olishga, sog’liq tekshiruviga borish haqida gap ketganda esa, ko’k choyni achchiq qilib damlab, oshni bosib yeb, “Mana dam olish” deb, bir uyquni bosadiganlar ham biz.

Batafsil...

2000 nafar kichik va oʻrta tadbirkorlarning 4,7 trln soʻm kredit toʻlovlari muddati uzaytiriladi — prezident 

Ayni paytda prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahrida biznes vakillari, tadbirkorlar bilan muloqot oʻtkazmoqda. Prezident bu yil qish nihoyatda sovuq kelganini taʼkidlab, koʻplab tadbirkorlar bundan qiynalganini bilishini aytdi. “Xususan, respublikada 3 mingta hududiy sanoat korxonasida 7 trillion soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilmadi (ularda 350 ming aholi band). Jumladan, Namangandagi 367 ta sanoat korxonasi 500 milliard soʻmga yaqin […]

Batafsil...

2022-yil uchun 2 millionga yaqin iste’molchiga 773 milliard so‘m keshbek to‘lab berildi

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan dekabr oyida 1,7 million nafar iste’molchiga 127,4 milliard soʻm keshbek hisoblanib, 1 million nafardan ortiq iste’molchiga 63,1 milliard so‘m to‘lab berildi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar berdi. Noyabr oyida 1,5 million nafar isteʼmolchiga 85,9 milliard soʻm keshbek to‘langandi. Umumiy hisobda 2022-yil uchun 2 million nafarga yaqin iste’molchilarga 773 milliard so‘m […]

Batafsil...

Dunyoning eng tez yuguruvchi odami − Useyn Boltni tunab ketishdi

Tez yugurish bo‘yicha rekordchi Useyn Boltning hisob raqamidan 12 million dollar pulni o‘g‘irlashdi. Sportchi pullari yo‘qolganini chorshфnba kuni bilib qolganю Bu haqda “The Gleaner” nashri xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, sportchining hisobida 12 ming dollarga yaqin pul qolgan. Yaqinlarining aytishicha, Useyn Bolt pullari yo‘qolganini bilgach, hayratda qolgan. Bu uning nafaqaga chiqqandan so‘ng ishlatish uchun to‘plagan shaxsiy […]

Batafsil...

Nepalda bortida 72 kishi bo‘lgan samolyot yerga qulab tushdi

Nepalning Poxara shahrida 5 yil ichidagi eng dahshatli aviahalokat yuz berdi. Uchib ketayotgan samolyot tog‘ yon bag‘riga qulab tushdi. Voqea haqida “Reuters” ma’lumot berdi. Agentlikning yozishicha, aviahalokat natijasida 40 ga yaqin inson hayotdan ko‘z yumdi. Yuzlab qutqaruvchilar bortida 72 kishi bo‘lgan “Yeti Airlines” samolyoti qulagan tog‘ yonbag‘rini tekshirmoqda. Aviatsiya boshqarmasi bergan bayonotida havo kemasi soat […]

Batafsil...

Toshkent shahrining 2023-yil uchun budjet loyihasi tasdiqlandi

2023-yil uchun Toshkent shahrining budjeti 4-yanvar kuni qabul qilindi. Bu haqda “e-qaror” Yagona elektron tizimi xabar berdi. Unga ko‘ra, Toshkent shahrining budjet daromadi 2023-yil uchun 7 trillion 739 milliard 304, 4 million soʻmni tashkil etadi. Shuningdek, xarajatlar ham xuddi shu summa − 7 trillion 739 milliard 304, 4 million soʻmni tashkil qiladi. Hujjatda 2023-yil uchun […]

Batafsil...

Oʻzbekistonda har 1000 kishiga qancha avtomobil toʻgʻri keladi?

Toshkent shahrida har 1000 kishiga oʻrtacha 178 ta yengil avtomobil toʻgʻri kelmoqda. Bu haqda Statistika qo’mitasi axborot xizmati xabar berdi. Qo’mitaga koʻra, 2022-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida har 1000 nafar doimiy aholiga oʻrtacha 87 ta yengil avtomobil toʻgʻri kelmoqda. Hududlar kesimida har 1000 nafar doimiy aholiga oʻrtacha toʻgʻri keladigan yengil avtomobillar soni quyidagicha:   Qoraqalpogʻiston – […]

Batafsil...

Yevropa Ittifoqidan boshpana soʻrab murojaat qilganlar ikki barobarga koʻpaydi

Yevropa Ittifoqidan 2022-yilda boshpana soʻrab murojaat qilganlar oʻtgan yilga nisbatan ikki baravar koʻpaygani maʼlum boʻldi. Xabarga koʻra, oʻtgan 10 oy davomida Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida qariyb 800 ming shunday ariza topshirilgan. Urushdan qochgan 4,7 million ukrainalik Yevropa Ittifoqida vaqtinchalik himoya maqomini oldi. YEI chegaralarini noqonuniy kesib oʻtishlar soni oʻtgan yilga nisbatan 70 foizga ham oshgan. Qochqinlarning […]

Batafsil...

Oʻzbekistonda 3 kunda qator tashkilotlar energetika tizimiga 1,1 mlrd soʻmlik zarar yetkazdi

So’nggi 3 kunda 13 mingdan ziyod xonadonning bir oylik iste’moliga teng hajmdagi elektrnoqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Energatika vazirligi axborot xizmati xabar berdi. Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya”, elektr ta’minoti korxonalari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan joylarda nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda. Xususan, so‘ngi uch kunda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 85 ta holatda 2,6 mln kVt-soat miqdordagi […]

Batafsil...

Germaniyada tunda bankomatlardan foydalanish taqiqlandi

Germaniya aholisi tungi vaqtda bank filiallaridagi bankomatlardan pul yechib ololmaydi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi. Maʼlum boʻlishicha, soʻnggi paytlarda portlovchi moddalar yordamida bankomatlarga hujumlar kuchaygan. Shu sababli, hukumat bankomatlarni soat 23:00 dan 06:00 gacha ochiq qoldirishni taqiqlashga qaror qilgan. “Hukumat hujumlar toʻlqinini toʻxtatish uchun “samarali va umummilliy profilaktika choralarini” koʻrishga majbur”, — deydi Germaniya ichki […]

Batafsil...

Britaniyada nega ketma-ket vazir almashdi?

So‘nggi ikki oy ichida Britaniyada ikki marta Bosh vazir almashdi. Boris Jonsonning lavozimdan ketishiga uning atrofida sodir bo‘lgan turli hodisalar sabab bo‘lgan bo‘lsa, Liz Trassning faoliyati deyarli boshlanmasdan yakunlanishiga keskin iqtisodiy o‘zgarishlar qilishga urinish olib keldi. Quyida Rishi Sunakning lavozimga kelishidan tortib, bu voqealarning “Brexit”ga qanday aloqasi borligigacha, Liz Trassning iqtisodiy o‘zgarishlar bo‘yicha vaʼdalaridan boshlab, […]

Batafsil...

Twitter direktorlari ishdan bo’shatildi

Ilon Mask 27-oktabr kuni Twitter boshqaruvni qo‘lga olgandan so‘ng, sobiq bosh direktori Parag Agraval, sobiq moliya direktori Ned Segal va sobiq bosh yuridik direktori Vijaya Gaddeni ishdan bo‘shatdi. Mask ularga taxminan 187 million AQSH dollari to‘ladi. Sobiq direktorlar va Twitterning boshqa a’zolar kompaniyaning yangi egasi bilan birga ishlashlari va har birlari taxminan 54.20$ dan olishlari […]

Batafsil...