Рубрика: ATV Blog

O’zbekiston va Amerika kompaniyasi sun’iy intellektni rivojlantirish bo’yicha hamkorlik qilishi mumkin

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Amerikaning SAS kompaniyasi Mijozlarga xizmat ko’rsatish bo’limi katta direktori Hamid Haktan Ishchi bilan uchrashdi. Hamid Haktan Ishchi IT tashabbuslarni qo’llab-quvvatlash, yoshlarni ma’lumotlar tahliliga o’rgatish va sertifikatlar berish borasidagi ishlar haqida gapirib, bunday tashabbuslar O’zbekistonda ham foydali bo’lishi mumkinligini ta’kidladi. Shu bilan birga, SAS vakili bilan sun’iy intellektni rivojlantirish, yangi ish […]

Batafsil...

O’zbekistonda jadal iqtisodiy o’sish saqlanib qoladi – Jahon banki

Iqtisodchilar Rossiya va Ukraina o’rtasidagi davom etayotgan mojaro tufayli yuzaga kelgan noaniqlik sababli mintaqada iqtisodiy o’sish sur’atlari ancha past bo’lishini kutishmoqda. Prognozga yuqori inflatsiya va qat’iyroq pul-kredit siyosati ham bunga ta’sir qiladi. 2023-yil oxirida Yevropa va Markaziy Osiyoning umumiy yalpi ichki mahsulotining o’sishi 1,4 foizni tashkil etadi. Shu bilan birga, 2024-2025-yillarda tashqi zarbalarning qisqarishi va […]

Batafsil...

Usmonovning mashhurligi uni sanksiyalarga duchor qildi, — Bloomberg

Rossiyalik milliarder  Alisher Usmonov advokatlarining ta’kidlashicha, badavlat mijozining Putinga aloqadorligi emas, balki mashhurligi, shon-shuhrati va boyligi uning Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga yo’liqishiga asosiy sabab bo’lgan. “Chunki, u jamoatchilik uchun “boylik ramzi”ga aylangan. U badavlat va mashhur. Ammo bular jazolanish uchun asos bo’lmasligi kerak”, – deydi uning advokati Jerom Grand d’Esnon. So’ngi Bloomberg talqinidagi dunyoning eng boy […]

Batafsil...

Toshkentda U-Enter innovatsion biznes-inkubator markazi ochildi

Toshkentda “U-Enter” innovatsion biznes-inkubator markazi ochildi. Markaz palata tomonidan Koreya xalqaro hamkorlik agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda biznes-inkubatsiya tizimini rivojlantirishga ko‘maklashish” (KOICA) loyihasi doirasida tashkil etilgan. Biznes-inkubator yangi ish boshlagan tadbirkorlarga malakali mutaxassislardan o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatishga qaratilgan. Shuningdek, markaz startaplar va tadbirkorlar uchun xorij tajribasi asosida innovatsion g‘oyalarni shakllantirish, […]

Batafsil...

Google O’zbekistonning IT-kompaniyalariga yordam beradimi?

Tajriba almashish va malakali mutaxassislar sonini ko‘paytirish maqsadida “Google” va O‘zbekiston IT-kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi axborot xizmati xabar berdi. Xabarga ko‘ra,vazir Sherzod Shermatov va “Google” kompaniyasining davlat organlari bilan hamkorlik va ommaviy siyosat boshqarmasi boshlig‘i Olga Skoroxodova o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Uchrashuvda tajriba almashish va malakali mutaxassislar sonini […]

Batafsil...

O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida imzolangan iqtisodiy hamkorlikka oid hujjatlar

Oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy huzurida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan 15 ta ikki tomonlama hujjatni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Jumladan, iqtisodiy hamkorlikka oid quyidagilar qabul qilindi: – Investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risida hukumatlararo bitim; […]

Batafsil...

Qatar kompaniyalari O‘zbekistonga 12 mlrd dollarlik investitsiya kiritadi

Samarqand shahridagi Kongress markazida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va davlat tashrifi bilan mamlakatda bo‘lib turgan Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda joriy yil Toshkent shahrida Qatar elchixonasi ochilgani va Qatar poytaxti Dohada ham O‘zbekiston elchixonasi ochilishi ushbu jarayonga kuchli sur’at bag‘ishlashiga ishonch bildirildi. Prezident matbuot xizmati xabar berishicha, Qatarning […]

Batafsil...

Yandex asosiy sahifadagi qidiruv paneli ostidagi reklama bannerini qaytardi

“Yandex” “ya.ru” asosiy sahifasida qidiruv paneli ostida reklama joylashtirish imkoniyatini ishga tushirdi. “Hozircha bu undagi yagona reklama formati”, deyiladi kompaniya xabarida. Qayd etilishicha, reklama banneri “Yandex” sahifasining ish stoli va mobil versiyalarida hamda yangi Brauzer yorlig’ida ko’rsatiladi. “Yandex” 2022-yil avgust oyida “Dzen” va “Yangiliklar” almashinuvidan so’ng “ya.ru”ni bosh sahifaga aylantirdi. Avvalroq, oldingi asosiy sahifada — […]

Batafsil...

O’zbekistonda Jahon savdo tashkiloti masalalari bo’yicha maxsus vakil lavozimi joriy etildi

“O’zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan, JST bilan ishlash bo’yicha idoralararo komissiyaning yangilangan tarkibi tasdiqlandi hamda Prezident Administratsiyasida prezidentning Jahon savdo tashkiloti masalalari bo’yicha maxsus vakili lavozimi tashkil etildi. Maxsus vakilning asosiy vazifalaridan biri JSTga a’zo bo’lish jarayonini jadallashtirish, mas’ul vazirlik va […]

Batafsil...

Texnika mo’jizasi: Apple kompaniyasi Vision pro garniturasini taqdim etdi

“Apple” kompaniyasi “Vision Pro” aralash reallik garniturasini taqdim etdi. Bu 2014-yilda kompaniya tomonidan taqdim etilgan aqlli soatlar to’plamidan keyingi kompaniyaning yangi mahsuloti hisoblanadi. Virtual shlem taqdimoti ko’plab muhokamalarga sabab bo’ldi. Apple uni 2024-yildan 3 499 dollarga sotuvga chiqarmoqchi. Ushbu gadjet orqali filmlardagi fantastik voqeilik haqiqatga aylanadi. Shlem yordamida uydan chiqmasdan dunyoni aylanib chiqishingiz, kinoteatrga bormasdan […]

Batafsil...

Dronlar uchun ruxsatnomalarning amal qilish muddati tekshiriladi

“O’zaeronavigatsiya” markazi tomonidan QR-kod yordamida uchuvchisiz uchish apparatlari uchun taqdim etilgan ruxsatnomalarning amal qilish muddatini tekshirish xizmati ishga tushirildi. Unga ko’ra, parvoz uchun ruxsat tasdiqlangach, arizachi uchun mobil qurilmada chop etilishi yoki saqlanishi mumkin bo’lgan QR-kodli ruxsatnoma beriladi. Mazkur QR-kodni skanerlash yordamida ma’lumotlar holatini tekshirish mumkin. Shu bilan birga, operator hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar […]

Batafsil...

Qozog’iston Rossiya gazini o’z hududi orqali O’zbekistonga tranzit qilishga tayyor

Qozog’iston hukumati Rossiya gazining respublika hududi orqali O’zbekistonga tranzit qilinishidan manfaatdor va buning uchun zarur infratuzilmani taqdim etishga tayyor. Bu haqda Qozog’iston Energetika vaziri Almasadam Satkaliyev ma’lum qildi. “Oʻzbekiston va “Gazprom” gaz hajmi va narxi boʻyicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu muzokaralar yakunlanishi bilan biz infratuzilmamizni taqdim etishga tayyormiz”, – dedi u parlament quyi palatasida qilgan […]

Batafsil...

O’zbekiston va Turkmaniston o’rtasida raqamli hujjatlashtirish tizimi orqali yuk tashish yo’lga qo’yildi

O’zbekiston va Turkmaniston o’rtasida raqamli TIR (yuklarni xalqaro yo’llarda tashish daftarchasi) dasturi bo’yicha dastlabki xalqaro tashuvlarga start berildi. Bu esa  qog’oz cheklovlaridan holi bo’lgan mazkur tizim bojxona chegarasidan yuk tashish davomida  ikki davlat o’rtasidagi rasmiylashtiruv jarayonini aniq va qisqa vaqt oralig’ida amalga oshirish imkonini beradi. Qayd etilishicha, Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston hamda O’zbekistonda joriy etilgan TIR […]

Batafsil...

Turkiya Qoradengiz bo’g’ozlaridan kemalar o’tishi uchun to’lovni oshiradi

Turkiya 1-iyuldan Bosfor va Dardanel bo’g’ozlarining Qora dengiz bo’g’ozlari orqali kemalar o’tishi uchun to’lovni 8,83 foizga – bir tonnasi uchun 4,42 dollargacha oshiradi. Bu haqda “Aydinlik” nashri xabar bermoqda. Ushbu chora g’aznaga qo’shimcha 900 mln dollar olib kelishi kutilmoqda. Miqdor 1936-yilda bo’g’ozlarda navigatsiyani tartibga soluvchi Montryo konvensiyasi imzolangandan beri oltin frank asosida hisoblanadi. Yig’imlardan tushgan […]

Batafsil...

YI Markaziy Osiyo davlatlariga qarshi sanksiyalar qo’llamaydi

Yevropa Ittifoqi (YI) Markaziy Osiyo davlatlariga Rossiyaga nisbatan cheklovlarni chetlab o’tgani uchun sanksiyalar kiritmoqchi emas. Yevropa Kengashi prezidenti Sharl Mishelning so’zlariga ko’ra, YI hozirda chetlab o’tish xavfini kamaytirish uchun 11-sanksiyalar paketini muhokama qilmoqda va choralar “Rossiya harbiy mashinasini qo’llab-quvvatlovchilarga” mo’ljallangan. “Biz eksterritoriallik tamoyilini qo’llamaymiz va, eng muhimi, biz butun dunyodagi barcha hamkorlarimiz bilan faqat muloqot […]

Batafsil...

Butun dunyoda “dollar gegemonligi”ga qarshi salbiy munosabat oshib boryapti — Bloomberg

AQSh xalqaro valyutasidan tashqi siyosiy manfaatlarini ilgari surish, o’ziga qarshi chiqqanlarni jazolovchi qurol sifatida foydalanayotgani sababli, dollarning uchinchi davlatlar uchun jozibadorligi yo’qolib bormoqda. AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritib, uning valuta zaxiralarini muzlatib qo’yganidan so’ng, boshqa davlatlar dollarga qaramlikni kamaytirish maqsadida harakatga tushib qoldi, deb yozmoqda Bloomberg nashri. Dunyo hamjamiyatining Ukrainadagi mojaro bo’yicha pozitsiyasidan qat’i nazar, […]

Batafsil...

Rossiyaning ehtimoliy benzin eksporti cheklovi O’zbekistonga ta’sir qiladimi?

Avvalroq, Rossiya hukumati birja savdolarida narxlar oshishi sababli benzin eksportini qisqartirish masalasini ko’rib chiqayotganini ma’lum qilgan edi. Xo’sh, ta’minotning kamayishi O’zbekistonga qanday ta’sir qilishi mumkin? Ochiqlangan ma’lumotlarga ko’ra, 2023-yilning to’rt oyida O’zbekistonning deyarli barcha – 97,7 foiz benzin importi Rossiya hissasiga to’g’ri keladi. Mamlakat Rossiyadan o’tgan yilga nisbatan 2,3 baravar ko’p — 327,8 mln litr […]

Batafsil...

“Aholining qo‘lida 12 mlrd dollarga yaqin mablag’ bor” — MB raisi

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov Senatning 41-yalpi majlisida aholi qo’lida 12 mlrd dollar pul bor ekanini aytib, bank sektori bu mablag’ning barchasini jalb qila olmasligini, lekin aholi pullarini bankka topshirish tendensiyasi mavjudligini qayd etdi. Regulyator rahbari aholi omonatlari tarkibida xorijiy valyutadagi omonatlarni bir yildan yuqori muddatga qo’yish 9 foizga kamayganiga izoh berib, quyidagi ma’lumotlarni keltirib o’tdi: […]

Batafsil...

O’zbekiston xorijga mavsum boshidayoq rekord miqdorda tarvuz sotdi

O’zbekiston mavsum boshidan beri 30 ming tonnadan ortiq tarvuz eksport qildi va rekord qayd etdi. O’zbekistonda tarvuz hosilining birinchi partiyasini tashqi bozorlarga jo’natish joriy yil may oyining birinchi o’n kunligida, ya’ni, o’tgan yilgidan bir hafta ertaroq boshlandi. Ammo mahsulotning ommaviy eksporti may oyi o’rtalaridan ko’paydi. Ma’lumotlarga ko’ra, o’tgan qisqa vaqt ichida O’zbekiston xorijga 30 ming […]

Batafsil...

O’zbekistonda may oyida inflyatsiya 0,5 foizni tashkil etdi

O’zbekistonda may oyida inflyatsiya darajasi 0,5 foizni tashkil etdi. Statistika qo’mitasi e’lon qilgan hisobotga ko’ra, oziq-ovqat, nooziq-ovqat va xizmatlar bir xilda — 0,5 foizga qimmatlashgan. Yillik inflyatsiya 10,4 foizgacha pasaygan (-0,6 foiz). Oy davomida narxlar eng ko’p sog’liqni saqlash, restoran va mehmonxona xizmatlari sektorida oshgan. Oziq-ovqat mahsulotlaridan “Sabzavotlar, ildizmevalilar va dukkaklilar” guruhidagi mahsulotlarning narxlari pasayishi inflyatsiyani […]

Batafsil...

Xitoy-Qirg’iziston-O’zbekiston temir yo’li qurilishi boshlanadi

Xitoy-Qirg’iziston-O’zbekiston temir yo’li jahon bozoriga olib chiqadigan eng qisqa yo’lga aylanadi Markaziy Osiyo-Xitoy sammiti doirasida Xitoy-Qirg’iziston-O’zbekiston temir yo’li loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari ishlab chiqilgani haqida yozgan edik. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, magistral temir yo’l qurilishi 2023-yildayoq boshlanishi kutilmoqda. Bu haqda Xitoyning “Yicai Global” nashri “O’zbekiston temir yo’llari” marketing va logistika bo’limi boshlig’i Umidulla Ibragimovga tayanib xabar berdi. […]

Batafsil...

UNG Petro sotuvga qo’yildi: Yoqilg’i quyish shoxobchalari tarmog’i xususiylashtiriladi

O’zbekistondagi eng yirik yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ining 100 foiz davlat ulushi sotiladi O’zbekistondagi eng yirik yoqilg’i quyish shoxobchalari tarmog’i “UNG Petro”ni xususiylashtirish jarayoni boshlandi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tarmoq ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini sotuvchi konsalting kompaniyasini jalb etish bo’yicha tanlov e’lon qildi. Konsalting kompaniyalaridan arizalar 2023-yilning 11-iyuniga qadar qabul qilinadi. 2023-yil 24-mart kuni […]

Batafsil...

“Tesla” kompaniyasi egasi Ilon Mask yana dunyodagi eng boy odam

Amerikalik biznesmen Ilon Maskning boyligi 192 mlrd dollarga yetgan “Bloomberg Billionaires Index” ma’lumotlariga ko’ra, Ilon Mask “Louis Vuitton” asoschisini ortda qoldirib, yana yer yuzidagi eng boy odamga aylandi. Amerikalik biznesmenning boyligi 192 mlrd dollarga yetgan. “Tesla” aksiyalarining o’sishi hisobiga Maskning boyligi yil boshidan buyon 55,3 milliard dollarga o’sgan. Ayni paytgacha dunyoning eng boy odami Bernard […]

Batafsil...

Sun’iy idrok tufayli insoniyatning “yo‘q bo‘lib ketish xavfi” tug’ilishi mumkinmi?

Bir guruh olimlar sun’iy intellekt xavfini yadro urushi hamda pandemiyaga qiyosladilar AQShdagi sun’iy intellekt xavfsizligi markazi (Center for AI Safety) hamda bir guruh mutaxassislar sun’iy idrok (AI) tufayli insoniyat yo’q bo’lib ketishi xavfidan ogohlantirishdi. “Sun’iy intellektning rivojlanishi tufayli insoniyatning yo’q bo’lib ketish xavfini kamaytirish pandemiya va yadro urushi kabi boshqa xavflar qatorida global ustuvor vazifaga […]

Batafsil...

AQSh Markaziy Osiyo davlatlarining dezinformatsiyaga qarshi kurashishi uchun mablag’ sarflaydi

USAID Markaziy Osiyo aholisining dezinformatsiyaga chidamliligini oshirish uchun 12 mln dollar ajratishga tayyor AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Markaziy Osiyo jamiyatlarining dezinformatsiyaga chidamliligini oshirishga qaratilgan besh yillik dastur uchun 12 mln dollar ajratishga tayyor. Bu haqda agentlik tomonidan imzolangan hujjatda keltirilgan. Hujjatga ko’ra, bu mintaqa davlatlarining suvereniteti va demokratik madaniyatini mustahkamlash uchun zarur. Bunday tezislar […]

Batafsil...

O’zcharmsanoat turk kompaniyasi bilan hamkorlikda 1 mln dollarlik loyihani amalga oshiradi

“Birlik Shoes Sole” kompaniyasi O’zbekistonda ayollar va bolalar poyabzallarini ishlab chiqarmoqchi “O’zcharmsanoat” uyushmasi hamda Turkiyaning “Birlik Shoes Sole” kompaniyasi vakili bilan ikki tomonlama sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda mazkur kompaniya sarmoyasi asosida yangi qo‘shma korxonani ochish bo‘yicha uchrashuv bo’lib o’tdi. “Birlik Shoes Sole” kompaniyasi O’zbekiston iqtisodiyotining barqaror o’sish sur’atlariga erishayotganini alohida takidlab, charmsanoat sohasida mamlakatimiz korxonalari […]

Batafsil...

Paxta yog’i narxi arzonlashdi: O’zbekiston birjasida o’tgan haftadagi vaziyat qanday bo’ldi?

O’zbekiston tovar-xomashyo birjasining barcha savdo platformalarida 2,2 trln so’mlik mahsulotlar sotildi O’tgan hafta davomida ya’ni 22—28-may kunlari O’zbekiston tovar-xomashyo birjasining barcha savdo platformalarida 2,2 trln so’mlik tovarlar sotilgan bo’lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 2,8 foizga kamdir. Bunda tuzilgan bitimlarning qariyb 83,3 foizi birja savdolariga, qolgan 16,7 foiz qismi esa elektron tijorat savdo tizimlariga to’g’ri keldi. […]

Batafsil...

Chiplarga talab kamayishi ortidan Janubiy Koreyadagi zaxiralar rekord darajaga yetdi

Apple Mac’ noutbuklarini yetkazib berish hajmi birinchi chorakda 40 foizga kamaygan Sun’iy intellekt texnologiyalariga global qiziqish ortayotgan bo’lsada, hali Janubiy Koreya chiplariga bo’lgan talab kamligicha qolmoqda. Yahoo Finance’ nashrining yozishicha, mamlakat omborlaridagi zaxiralar so’nggi yetti yil ichida rekord darajaga ko’tarilgan. Janubiy Koreya statistika departamenti ma’lumotlariga ko’ra, bir yil ichida chiplar zahiralari 83 foizga oshgan. Bu […]

Batafsil...

Nvidia 1 trln dollar bozor kapitaliga ega kompaniyalar qatoriga qo’shildi

Sun’iy intellekt uchun chiplar ishlab chiqaruvchi kompaniyaning birinchi chorakdagi sof tushumi 7 mlrd dollarga yetgan “Nvidia” 2023-yil 30-may kuni bozor kapitali 1 trillion dollar bo’lgan eksklyuziv kompaniyalar qatoriga qo’shildi. Chunki, grafik chip ishlab chiqaruvchisi sun’iy idrokdan (AI) foydalanishga talab oshayotganidan katta foyda ko’rmoqda. Endi “Nvidia” 1 trillion dollarlik klubda “Alphabet”, “Apple” va “Microsoft” kabi texnologik […]

Batafsil...

Rossiyaning SLAVA brendi O’zbekistonda do’kon ochmoqchi

SLAVA kompaniyasi rossiyalik dizaynerlar mahsulotlarini Osiyo bozorlariga chiqaradi Rossiyaning “SLAVA” dizaynerlik kiyimlari va aksessuarlari brendi MDH mamlakatlari bozorlariga chiqishga hozirlik ko’rmoqda. Tarmoq yaratuvchisi Aleksandr Peremyatov “Izvestiya” nashriga ma’lum qilishicha, tarmoqning universal do’konlari Belarus va O’zbekistonda ochilishi rejalashtirilgan. “Xitoy bozori hozir Rossiya kompaniyalari uchun eng istiqbolli ko’rinadi va biz rossiyalik dizaynerlarni Osiyo bozorlariga olib chiqish yo’llari ustida […]

Batafsil...