Метка: #Россия

Qozog’iston Rossiya gazini o’z hududi orqali O’zbekistonga tranzit qilishga tayyor

Qozog’iston hukumati Rossiya gazining respublika hududi orqali O’zbekistonga tranzit qilinishidan manfaatdor va buning uchun zarur infratuzilmani taqdim etishga tayyor. Bu haqda Qozog’iston Energetika vaziri Almasadam Satkaliyev ma’lum qildi. “Oʻzbekiston va “Gazprom” gaz hajmi va narxi boʻyicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu muzokaralar yakunlanishi bilan biz infratuzilmamizni taqdim etishga tayyormiz”, – dedi u parlament quyi palatasida qilgan […]

Batafsil...

Rossiyaning benzin eksportini cheklashi O’zbekistonga qanday ta’sir qilishi mumkin?

O’zbekiston benzin importining 97,7 foizi Rossiya hissasiga to’g’ri keladi Avvalroq, Rossiya hukumati birja savdolarida narxlar oshishi sababli benzin eksportini qisqartirish masalasini ko’rib chiqayotgani haqida xabar bergan edik. Xo’sh, ta’minotning kamayishi O’zbekistonga qanday ta’sir qilishi mumkin? O’tgan yili O’zbekistonda 1,26 mln tonna (880,4−924,4 mln litr) benzin ishlab chiqarilgan bo’lib, bu 2021-yilga nisbatan 11,4 foizga ko’pdir. 2023-yilning yanvar-aprel […]

Batafsil...

Rossiya va Xitoy o’zaro hisob-kitoblarda milliy valyutalardan foydalanyapti

Xitoy va Rossiya o’rtasidagi 70 foiz hisob-kitoblar yuan va rublda amalga oshirilmoqda, – Mixail Mishustin Rossiya va Xitoy o’rtasidagi transchegaraviy hisob-kitoblarning 70 foizi allaqachon  milliy valyutalarda amalga oshirilmoqda. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin xitoylik hamkasbi bilan uchrashuv chog’ida ma’lum qildi. “Rossiya va Xitoy o’rtasidagi transchegaraviy hisob-kitoblarning 70 foizi allaqachon milliy valyutalarda – rubl va […]

Batafsil...

O’zbekiston va Rossiya Jizzaxda atom elektr stansiyasi qurish shartlarini deyarli kelishib oldi

Atom elektr stansiyasining “yuragi” VVER-1200 reaktorli ikkita blokdan iborat bo’ladi Rossiya TIV O’zbekistonda atom elektr stansiyasini qurish shartlari bo’yicha yuqori darajadagi kelishuvga tayyorligini ma’lum qildi, deb yozmoqda “TASS” nashri. Avvalroq Rossiya va O’zbekiston atom elektr stansiyasini qurish bo’yicha shartnoma ustida ishlayotgani ma’lum bo’lgan edi. Elektr stansiyasining “yuragi” VVER-1200 reaktorli ikkita blokdan iborat bo’lishi aytilmoqda. “O’zbekiston […]

Batafsil...

AQSh Rossiya, Qirg’iziston va Armaniston kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritdi

AQShning yangi “qora ro’yxati”dan yuzdan ortiq kompaniyalar, o’nlab jismoniy shaxslar, mingdan ortiq mahsulotlar embargosi joy oldi AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni kiritdi: “qora ro’yxat”da 100 dan ortiq kompaniya, o’nlab jismoniy shaxslar, shuningdek, eksport embargosi ostida bo’lgan 1000 dan ortiq turli tovarlar mavjud. Bu haqida AQSh Moliya vazirligi saytida xabar berildi. Shuningdek, Rossiya bilan bir qatorda […]

Batafsil...

O’zbekiston Rossiyaning “aqlli lift”larini sotib oldi

O’zbekiston Rossiyadan 200 mln rubl qiymatidagi lift sotib olyapti O’zbekiston Rossiya bilan yangi ko’p qavatli uylar uchun liftlar yetkazib berish bo’yicha shartnoma tuzdi, deya xabar bermoqda “Vestnik Kavkaza” nashri. Qayd etilishicha, liftlarni Moskva shahrida joylashgan “Shcherbinskiy” zavodi yetkazib beradi. “Rossiyadagi yirik liftsozlik zavodlaridan biri birinchi marta o’zbekistonlik qurilish kompaniyalari bilan uch yil davomida jihozlar yetkazib […]

Batafsil...

Urush, sanksiya va maxfiy xarajatlar Rossiya budjetini “yeb bitirmoqda”

Rossiyaning budjet taqchilligi yillik prognozlardan oshib ketdi Aprel oyi yakunlari bo’yicha Rossiya budjeti taqchilligi 3,4 trln rublga yetdi. Bu – butun yil uchun prognoz qilingan defitsit ko’rsatkichidan 500 mlrd rublga ko’p degani. Taqchillikning keskin oshishiga neft va gazdan keladigan daromadlarning qisqargani ham jiddiy ta’sir ko’rsatgan. Rossiya Moliya vazirligining dastlabki ma’lumot berishicha, joriy yilning yanvar-aprel oylari […]

Batafsil...

Bugundan “Twitter” pul to’lashni boshladi

Rossiya “Twitter” monetizatsiyasi ishga tushirilgan mamlakatlar ro’yxatida yo’q Ilon Mask “Twitter”da foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan kontentni monetizatsiya qilish boshlanganini e’lon qilgandi. Endilikda, “Twitter” butun dunyo bo‘ylab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uchun kontentni monetizatsiya qilish funksiyasini ishga tushirdi. Biroq Rossiya pullik obunalarni ishga tushirish mumkin bo’lgan mamlakatlar ro’yxatiga kiritilmagan. Ilon Mask foydalanuvchi tomonidan yaratilgan kontentni monetizatsiya qilish bir […]

Batafsil...

“Hyundai” Rossiyadagi zavodiga Markaziy Osiyodan xaridor topdi

“Hyundai” Sankt-Peterburgdagi zavodini Qozog’iston kompaniyasiga sotib, Rossiyani tark etmoqchi Janubiy Koreyaning “Hyundai” kompaniyasi Rossiyadagi biznesini tugatish uchun turli variantlarni ko’rib chiqayotgan edi. Nihoyat, avtomobil brendi Rossiyadagi zavodini Qozog’iston kompaniyasiga sotib, mamlakat bozorini tark etmoqchiligi haqidagi xabarlar paydo bo’ldi. Kompaniya muzokaralar o’tkazilayotganini tasdiqlagan, biroq bu haqdagi to’liq ma’lumotlarni oshkor qilmagan. “Hyundai” kelishuv amalga oshgan taqdirda ham […]

Batafsil...

Rossiyada jarimalar “yomg’iri” ostida qolayotgan Vikipediya

Moskva sudi Rossiya harbiy bo’linmasining joylashuvi haqidagi ma’lumoti uchun Vikipediyani 2 mln rubl jarimaga tortdi Moskva sudi Rossiya harbiy bo’linmalaridan birining joylashuvi va u haqidagi boshqa ma’lumotlarni o’z ichiga olgan maqolani olib tashlamagani uchun “Wikimedia” fondini 2 mln rubl jarimaga tortdi. Ma’lumotlarga ko’ra, rus tilidagi Vikipediya internet-ensiklopediyasi egasi Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlarining 40-injenerlik polki haqidagi […]

Batafsil...

“Маgnit” O’zbekistondagi “MCosmetic” do’konlari sonini to’rt barobarga oshiradi

Rossiyaning “Мagnit” riteyleri O’zbekistondagi do’konlari sonini 80 taga yetkazmoqchi 2023-yil oxirigacha Rossiyaning “Маgnit” kompaniyasi O’zbekistondagi “MCosmetic” kosmetika va maishiy kimyo do’konlari sonini 80 taga yetkazmoqchi. Shu bilan birga, yaqin kunlarda “MCosmetic” do’konlari Farg’ona, Samarqand, Namangan va Marg’ilon shahrlarida ham ochilishi mo’ljallangan. Birinchi “Маgnit” do’koni 2022-yilning aprel oyida ish boshlagan bo’lib, ayni paytda mamlakatimizda 20 ta […]

Batafsil...

G’arb sanksiyalari tufayli rublning qiymati tushyapti

Rus nefti va neft mahsulotlariga qo’yilgan embargo sababli rubl qadrsizlanyapti Moskva birjasida 1 yevro 90,3 rubl, dollar 82,5 rubl ko’rsatkichidan oshib ketgani tahlilchilar e’tiborini jalb qildi. Rublning dollar va yevroga nisbatan qadrsizlanishini oldindan taxmin qilish mumkin edi. Bu haqda taniqli rossiyalik iqtisodchi Sergey Guriyev DW nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi. Uning so’zlariga ko’ra, valyutaning qiymati […]

Batafsil...

“EkoNiva” qishloq xoʻjaligi xoldingi Oʻzbekistonga sut mahsulotlari yetkazib berishni boshladi

Rossiyaning “EkoNiva” kompaniyasi O‘zbekistonga sut va bir necha turdagi yog‘ mahsulotlarini yetkazib beryapti Rossiyaning “EkoNiva” qishloq xoʻjaligi xoldingi Oʻzbekistonga xuddi shu brenddagi sut mahsulotlarini yetkazib berishni boshladi, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati. “O‘zbekistonda zamonaviy chakana savdo segmenti jadal rivojlanmoqda. Bu esa turli iste’mol tovarlari, jumladan, sut mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari uchun bozorning jozibadorligini oshiradi. Mahalliy […]

Batafsil...

“Uzum” ekotizimi O’zbekistonda IT-xolding yaratish ustida ish olib bormoqda

“Uzum” bank, bozor va yetkazib berish xizmatlarini birlashtiradi “Uzum” ekotizimi tarkibiga “Kapitalbank’ ATB, “Uzum Market” bozori, “Uzum Nasiya” to’lov xizmati va “Uzum Bank” (sobiq “Apelsin”) raqamli banki kiradi. Yaqin kelajakda hamkorlar do’kon va restoranlardan tayyor yeguliklar va oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishni yo’lga qo’ymoqchi. Ayni paytda kompaniya “darkstor” – onlayn ombor do’konlari tarmogʻini rivojlantirmoqchi. Bu haqidagi […]

Batafsil...

Poytaxt ijara bozoridagi o‘sish faqat ruslar “oqimi”ga bog‘liqmi?

2022-yilda rossiyaliklar ko‘chib o‘tgan mashhur yo‘nalishlarga Turkiya, Gruziya, Armaniston, O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlari kiradi. Rossiyaning “RBC” nashri ushbu mamlakatlarning katta shaharlaridagi uy-joy ijara narxlarining sezilarli darajada oshishiga qisman ruslar aybdorligi haqida yozibdi. “O‘tgan yil bahor oyining boshida O‘zbekiston ijara bozorida rossiyaliklarning oqimi tufayli ijara narxining ko’tarilib ketishi qayd etildi. Ikkinchi o‘sish sentabr-oktabr oylarida ijara […]

Batafsil...

Wildberries’ O‘zbekistonda maishiy texnika savdosini yo’lga qo’yadi

Wildberries’ riteyleri O’zbekistonda yuqori texnologiyaga asoslangan mahsulotlarini sotmoqchi Rossiyaning Wildberries’ riteyleri MDH mamlakatlari, jumladan, Oʻzbekistonda oʻz savdo belgisi ostida maishiy texnika vositalarini sotishni boshlaydi, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati. Muzlatgichlar, kir yuvish mashinalari, changyutgichlar, blenderlar, mikserlar, televizor va boshqa elektronika vositalari xaridorlarga taqdim etiladi. “Bunday mahsulotlarning bahosi o’rtacha narx segmentida bo’ladi. Elektronikani sinovdan o‘tkazish […]

Batafsil...

O’zbekistonning meva-sabzavot eksporti qiymati 116 mln AQSh dollaridan oshgan

Rossiya O’zbekistondan eng ko’p meva-sabzavot sotib olgan davlat hisoblanadi O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-fevral oylarida xorijga 135,6 ming tonna sabzavot va meva yetkazib berdi. Ushbu davrda meva va sabzavotlar eksporti qiymati 116,4 mln AQSh dollarini tashkil qilib, savdo hajmi 2022-yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan 2,2 foizga oshdi. Shu bilan birga, meva-sabzavotlarning jami oziq-ovqat mahsulotlari eksportidagi ulushi 3,7 foizga […]

Batafsil...

Sanksiyalar fonida neft va gaz eksporti Rossiya iqtisodiyotining tayanchiga aylanmoqda

Xitoy va Hindistonning neftga bo’lgan “ishtaha”si Rossiya iqtisodiyotining tayanchiga aylandi Rossiya iqtisodiyoti 2022-yilda atigi 2,1 foizga qisqardi, bu bir qancha tahlilchilar tomonidan prognoz qilingan 12 foizlik zaiflashuvga nisbatan anchagina past ko’rsatkich. G’arb davlatlari importni cheklab, sanksiyalar qo’llaganiga qaramay, o’tgan yili Rossiyani qoralash hamda Ukrainadagi “operatsiyasi” tufayli sanksiyalarga qo’shilishdan bosh tortgan Xitoy va Hindiston Rossiya xom […]

Batafsil...

Rossiya hukumati oʼzbekistonliklarni qurilish ishlariga jalb qilishni toʼxtatadi

Oʼzbekistonlik quruvchilarni jalb qilish dasturi boʼyicha muhojirlarning qariyb 65 foizi Rossiyaga kiritilmagan Rossiya Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi 2021-yil oktyabr oyida boshlangan Oʼzbekiston fuqarolarini Rossiya qurilish obʼektlariga jalb etish boʼyicha sinov loyihasini toʼxtatib turishni rejalashtirmoqda. Dastur doirasida ish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tartiblari Oʼzbekistonga oʼtkazildi. Rossiya hukumati dasturni davom ettirishni maʼqul koʼrmadi. Tajriba loyihasi […]

Batafsil...

O’zbekistonlik dizayner Rossiyada davlat xaridlari bo’yicha yirik firibgarlikda ayblanmoqda

O’zbekistonlik taniqli dizayner va modelyer Ferutdin Zakirov Rossiya Mudofaa vazirligini chuv tushirganlikda ayblanib, hibsga olindi. O‘zbekistonlik dizayner Ferutdin Zakirov yirik miqdordagi firibgarlikda gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda Kommersant nashri xabar bermoqda. Maʼlumotlarga koʻra, pandemiya davrida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu vazirlikning bosh harbiy tibbiyot boshqarmasi (GVMU) ehtiyojlari uchun tibbiy asbob-uskunalar va shaxsiy himoya vositalari xarid […]

Batafsil...