Метка: #санкциялар

Usmonovning mashhurligi uni sanksiyalarga duchor qildi, — Bloomberg

Rossiyalik milliarder  Alisher Usmonov advokatlarining ta’kidlashicha, badavlat mijozining Putinga aloqadorligi emas, balki mashhurligi, shon-shuhrati va boyligi uning Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga yo’liqishiga asosiy sabab bo’lgan. “Chunki, u jamoatchilik uchun “boylik ramzi”ga aylangan. U badavlat va mashhur. Ammo bular jazolanish uchun asos bo’lmasligi kerak”, – deydi uning advokati Jerom Grand d’Esnon. So’ngi Bloomberg talqinidagi dunyoning eng boy […]

Batafsil...

YI Markaziy Osiyo davlatlariga qarshi sanksiyalar qo’llamaydi

Yevropa Ittifoqi (YI) Markaziy Osiyo davlatlariga Rossiyaga nisbatan cheklovlarni chetlab o’tgani uchun sanksiyalar kiritmoqchi emas. Yevropa Kengashi prezidenti Sharl Mishelning so’zlariga ko’ra, YI hozirda chetlab o’tish xavfini kamaytirish uchun 11-sanksiyalar paketini muhokama qilmoqda va choralar “Rossiya harbiy mashinasini qo’llab-quvvatlovchilarga” mo’ljallangan. “Biz eksterritoriallik tamoyilini qo’llamaymiz va, eng muhimi, biz butun dunyodagi barcha hamkorlarimiz bilan faqat muloqot […]

Batafsil...

AQSh Rossiya, Qirg’iziston va Armaniston kompaniyalariga qarshi sanksiyalar kiritdi

AQShning yangi “qora ro’yxati”dan yuzdan ortiq kompaniyalar, o’nlab jismoniy shaxslar, mingdan ortiq mahsulotlar embargosi joy oldi AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni kiritdi: “qora ro’yxat”da 100 dan ortiq kompaniya, o’nlab jismoniy shaxslar, shuningdek, eksport embargosi ostida bo’lgan 1000 dan ortiq turli tovarlar mavjud. Bu haqida AQSh Moliya vazirligi saytida xabar berildi. Shuningdek, Rossiya bilan bir qatorda […]

Batafsil...

Urush, sanksiya va maxfiy xarajatlar Rossiya budjetini “yeb bitirmoqda”

Rossiyaning budjet taqchilligi yillik prognozlardan oshib ketdi Aprel oyi yakunlari bo’yicha Rossiya budjeti taqchilligi 3,4 trln rublga yetdi. Bu – butun yil uchun prognoz qilingan defitsit ko’rsatkichidan 500 mlrd rublga ko’p degani. Taqchillikning keskin oshishiga neft va gazdan keladigan daromadlarning qisqargani ham jiddiy ta’sir ko’rsatgan. Rossiya Moliya vazirligining dastlabki ma’lumot berishicha, joriy yilning yanvar-aprel oylari […]

Batafsil...

Yangi sanksiyalar paketi: O’zbekistonda yuqori texnologik mahsulotlarning narxi oshadimi?

YI ma’muriyati a’zo davlatlardan O’zbekistonni ham “jazolash”ni so’ramoqda, – Bloomberg Yevropa Ittifoqi (YI) ma’muriyati Rossiyaga qarshi yangi 11-sanksiya paketi doirasida ayrim texnologiyalarni eksport qilishni taqiqlashni ko’rib chiqmoqda. Shuningdek, YI ilk bora bir nechta Xitoy kompaniyalari uchun qattiq savdo cheklovlarini joriy qilishi, tovarlar va texnologiyalar bilan ta’minlovchi firmalarga qarshi jiddiy choralar qo’llashi mumkin. Bloomberg nashri tomonidan […]

Batafsil...

YI Rossiya tufayli uchinchi mamlakatlarga eksportni cheklamoqchi

Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqiga “uchinchi davlatlar” uchun eksport cheklovi joriy qilishni taklif qildi Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni chetlab o’tishga qarshi kurash doirasida kelajakda uchinchi mamlakatlarga tovarlar eksportini cheklash imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. Bu haqda Yevrokomissiyaning Yevropa ittifoqi mamlakatlariga topshirilgan 11-sanksiya paketi bo’yicha taklifida aytilgan. DW nashrining yozishicha, to’xtatuvchi vosita sifatida Yevropa Ittifoqidan uchinchi davlatlarga yetkazib […]

Batafsil...

Parallel import: YI O’zbekistonga keng qamrovli sanksiyalar qo’llashi mumkin

YI: O’zbekiston hududi orqali Rossiyaga taqiqlangan tovarlar yetkazilyapti Yevropa Ittifoqi (YI) O’zbekiston G’arb sanksiyalarini chetlab o’tish uchun postsovet mamlakatlari bozorlaridan yangi “xab”lar yaratishga urinayotgan Rossiyaga yordam berayotgani uchun sanksiyalarga tushishi mumkinligiga ishora qilmoqda. YIning maxsus vakili Devid O’Sallivan 27-aprel kuni Toshkentga tashrifi chog’ida tegishli choralar ko’rish bilan tahdid qilgan. Uning ta’kidlashicha, YI dunyoning uchinchi davlatlari, […]

Batafsil...

AQSh O’zbekistonning 5 nafar fuqarosini “qora ro’yxat”ga kiritdi

AQSh Alisher Usmonovning ikki singlisiga ham sanksiya qo’lladi AQSh hukumati Rossiyaning Ukrainaga bosqini bilan bog’liq sanksiyalar ro’yxatini kengaytirishda davom etyapti. AQSh Moliya vazirligining sanksiyalar ro’yxati 20 ta mamlakatdagi 120 ta yuridik va jismoniy shaxslar bilan “boyitildi”. Ular orasida 5 nafar O’zbekiston fuqarosi va O’zbekistonda ro’yxatdan o’tgan 3 ta kompaniya ham bor. SDN List’ga qo’shilgan o’zbekistonlik […]

Batafsil...

“Apple” Rossiyadan qimmatbaho va noyob metallarni sotib olishdan rasman voz kechdi

“Apple” va “Samsung” sanksiyalarga qaramay Rossiya bilan savdo qilishga majburmi? “Apple” kompaniyasi Rossiyadan volfram, tantal va oltin sotib olishdan rasman voz kechdi. Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi mamlakatga elektronika yetkazib berishni cheklaganiga qaramay, Rossiya metallarini xarid qilishda davom etmoqda. Texnologiya gigantlari zavodlariga yaqin manbalarning aniqlik kiritishicha, har qanday holatda ham “Apple” va “Samsung” kompaniyalariga metallar to’g’ridan-to’g’ri […]

Batafsil...

AQSh “Ohangaronsement”ga sanksiya qo’lladi

O’zbekistonning “Ohangaronsement” zavodi AQSh sanksiyalari ostida qoldi O’zbekistonning “Ohangaronsement” zavodi AQShning yangi sanksiyalariga kiritildi. Shuningdek, 2022-yil boshida zavodning 98,6 foiz aksiyasini sotib olgan, Alisher Usmonovning USM holdingi tomonidan tashkil etilgan “Akkermann Cement CA” ham ushbu cheklovlarga uchradi. Bu haqda AQSh Moliya vazirligi saytida ma’lum qilindi. 2021-yil may oyida Kiprning Lamanka Enterprises kompaniyasi “Ohangaronsement” zavodi ustav […]

Batafsil...

Alisher Usmonovning USM xoldingi Buyuk Britaniya sanksiyalari ostida qoldi

Buyuk Britaniya Alisher Usmonovning USM kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi Alisher Usmonov asos solgan “USM Holding” Britaniya sanksiyalari ostida qoldi. Bu haqda Britaniya Tashqi ishlar vazirligi saytida ma’lum qilindi. Usmonovning kompaniyasi 11-aprel kuni rasmiy sanksiyalar ro’yxatiga kiritilgan. Ushbu qaror orqali xoldingning Britaniyadagi aktivlari muzlatildi hamda mahalliy yuridik shaxslar tomonidan unga xizmat ko’rsatishga taqiq qo’yildi. Sanksiyalar asoslanishida […]

Batafsil...

Alisher Usmonovning advokatlari musodara qilingan aktivlarini qaytarishga harakat qilyapti

Milliarder Usmonovning advokatlari bir nechta villalar musodarasi bo’yicha Italiya sudiga murojaat qildi Italiyaning “Corriere della Sera” gazetasi o‘n nafar rossiyalik oligarxlar Italiyadagi muzlatilgan aktivlarini qaytarishni talab qilib, Latsio viloyati ma’muriy sudiga murojaat qilishgani haqida xabar qilyapti. Italiyada rossiyalik oligarxlarning umumiy qiymati qariyb 2,7 milliard yevroga teng mol-mulklari hibsga olingan. Gap villalar, yaxtalar, samolyotlar va kompaniyalar […]

Batafsil...

YI Rossiyaga yordam berayotgan Markaziy Osiyo davlatlariga sanksiya qo’llamoqchi

Yevropa ittifoqi savdo cheklovi joriy qilishi mumkin bo’lgan davlatlar orasida O’zbekiston ham bor Yevropa Ittifoqi Rossiyaga G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tishda yordam berayotgan Markaziy Osiyo davlatlariga qarshi savdo cheklovlarini joriy qilishi mumkin. Qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqi rasmiylari Markaziy Osiyo mamlakatlariga kir yuvish mashinalari va eski avtomobillar kabi ikki maqsadli texnologiyalarga ega mahsulotlar eksporti ko‘payganini payqashgan. Zero, […]

Batafsil...

Rossiya sudi “Volkswagen” ishlab chiqaruvchisining mamlakatdagi barcha aktivlarini muzlatib qo’ydi

“Volkswagen Group” hamkorlikni bekor qilgach, Rossiyaning “GAZ” kompaniyasi 15 milliard rubldan ortiq zarar ko’rgan 2022-yil avgust oyida “Volkswagen Group” Rossiyaning “GAZ” avtomobilsozlik kompaniyasi bilan hamkorlikni tugatganini ma’lum qildi. Shundan so’ng, “GAZ” kompaniyasi nemis ishlab chiqaruvchisini sudga berdi. “Kommersant” gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, rus avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi hamkorlik o’z kuchini yo’qotganidan so’ng, 15,6 milliard rubl zarar […]

Batafsil...

“Zolotaya Korona” Rossiya banklari kartalari bilan ishlashni to’xtatdi

“Zolotaya Korona” sanksiyalar ostidagi Rossiya banklarining kartalaridan pul o‘tkazmalarini to‘xtatdi “Zolotaya Korona” pul o‘tkazmalari xizmati sanksiyalar ostidagi Rossiya banklarining kartalaridan pul o‘tkazmalarini to‘xtatdi, deya xabar beradi RBC’ nashri to‘lov tashkiloti matbuot xizmatiga tayanib. “Transchegaraviy o‘tkazmalarni amalga oshirayotganda biz boshqa mamlakatlardagi pul o‘tkazmalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘laydigan hamkorlar, hisob-kitob banklari va o‘zimizning muvofiqlik bo‘linmamiz talablariga amal qilishga majburmiz, […]

Batafsil...

AQShning “qizil chiziq”ni bosmaslik to’g’risidagi tavsiyalarida O’zbekiston ham bor

AQShning “qizil chiziq”ni kesib o’tmaslik to’g’risidagi maslahatlarida O’zbekiston ham tilga olingan AQSh rasmiylari tranzaksiyalar O’zbekiston orqali amalga oshirilsa, ularni shubhali deb hisoblashini ma’lum qildi. Bu haqda RBK nashri AQSh hukumati tomonidan tuzilgan tavsiyalar ro‘yxatiga tayanib xabar beryapti. Cheklovlar joriy qilingan mahsulotlarning Rossiyaga yaqin davlatlar orqali yetkazib berilishi sanksiyalarni chetlab o‘tishga urinish belgisi bo‘lishi mumkin, deydi […]

Batafsil...