Метка: #Ўзбекистон

O’zbekiston va Amerika kompaniyasi sun’iy intellektni rivojlantirish bo’yicha hamkorlik qilishi mumkin

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Amerikaning SAS kompaniyasi Mijozlarga xizmat ko’rsatish bo’limi katta direktori Hamid Haktan Ishchi bilan uchrashdi. Hamid Haktan Ishchi IT tashabbuslarni qo’llab-quvvatlash, yoshlarni ma’lumotlar tahliliga o’rgatish va sertifikatlar berish borasidagi ishlar haqida gapirib, bunday tashabbuslar O’zbekistonda ham foydali bo’lishi mumkinligini ta’kidladi. Shu bilan birga, SAS vakili bilan sun’iy intellektni rivojlantirish, yangi ish […]

Batafsil...

O’zbekistonda jadal iqtisodiy o’sish saqlanib qoladi – Jahon banki

Iqtisodchilar Rossiya va Ukraina o’rtasidagi davom etayotgan mojaro tufayli yuzaga kelgan noaniqlik sababli mintaqada iqtisodiy o’sish sur’atlari ancha past bo’lishini kutishmoqda. Prognozga yuqori inflatsiya va qat’iyroq pul-kredit siyosati ham bunga ta’sir qiladi. 2023-yil oxirida Yevropa va Markaziy Osiyoning umumiy yalpi ichki mahsulotining o’sishi 1,4 foizni tashkil etadi. Shu bilan birga, 2024-2025-yillarda tashqi zarbalarning qisqarishi va […]

Batafsil...

Google O’zbekistonning IT-kompaniyalariga yordam beradimi?

Tajriba almashish va malakali mutaxassislar sonini ko‘paytirish maqsadida “Google” va O‘zbekiston IT-kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi axborot xizmati xabar berdi. Xabarga ko‘ra,vazir Sherzod Shermatov va “Google” kompaniyasining davlat organlari bilan hamkorlik va ommaviy siyosat boshqarmasi boshlig‘i Olga Skoroxodova o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Uchrashuvda tajriba almashish va malakali mutaxassislar sonini […]

Batafsil...

O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida imzolangan iqtisodiy hamkorlikka oid hujjatlar

Oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy huzurida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan 15 ta ikki tomonlama hujjatni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Jumladan, iqtisodiy hamkorlikka oid quyidagilar qabul qilindi: – Investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risida hukumatlararo bitim; […]

Batafsil...

Qatar kompaniyalari O‘zbekistonga 12 mlrd dollarlik investitsiya kiritadi

Samarqand shahridagi Kongress markazida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va davlat tashrifi bilan mamlakatda bo‘lib turgan Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda joriy yil Toshkent shahrida Qatar elchixonasi ochilgani va Qatar poytaxti Dohada ham O‘zbekiston elchixonasi ochilishi ushbu jarayonga kuchli sur’at bag‘ishlashiga ishonch bildirildi. Prezident matbuot xizmati xabar berishicha, Qatarning […]

Batafsil...

O’zbekistonda Jahon savdo tashkiloti masalalari bo’yicha maxsus vakil lavozimi joriy etildi

“O’zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Hujjat bilan, JST bilan ishlash bo’yicha idoralararo komissiyaning yangilangan tarkibi tasdiqlandi hamda Prezident Administratsiyasida prezidentning Jahon savdo tashkiloti masalalari bo’yicha maxsus vakili lavozimi tashkil etildi. Maxsus vakilning asosiy vazifalaridan biri JSTga a’zo bo’lish jarayonini jadallashtirish, mas’ul vazirlik va […]

Batafsil...

Qozog’iston Rossiya gazini o’z hududi orqali O’zbekistonga tranzit qilishga tayyor

Qozog’iston hukumati Rossiya gazining respublika hududi orqali O’zbekistonga tranzit qilinishidan manfaatdor va buning uchun zarur infratuzilmani taqdim etishga tayyor. Bu haqda Qozog’iston Energetika vaziri Almasadam Satkaliyev ma’lum qildi. “Oʻzbekiston va “Gazprom” gaz hajmi va narxi boʻyicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu muzokaralar yakunlanishi bilan biz infratuzilmamizni taqdim etishga tayyormiz”, – dedi u parlament quyi palatasida qilgan […]

Batafsil...

O’zbekiston va Turkmaniston o’rtasida raqamli hujjatlashtirish tizimi orqali yuk tashish yo’lga qo’yildi

O’zbekiston va Turkmaniston o’rtasida raqamli TIR (yuklarni xalqaro yo’llarda tashish daftarchasi) dasturi bo’yicha dastlabki xalqaro tashuvlarga start berildi. Bu esa  qog’oz cheklovlaridan holi bo’lgan mazkur tizim bojxona chegarasidan yuk tashish davomida  ikki davlat o’rtasidagi rasmiylashtiruv jarayonini aniq va qisqa vaqt oralig’ida amalga oshirish imkonini beradi. Qayd etilishicha, Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston hamda O’zbekistonda joriy etilgan TIR […]

Batafsil...

Rossiyaning ehtimoliy benzin eksporti cheklovi O’zbekistonga ta’sir qiladimi?

Avvalroq, Rossiya hukumati birja savdolarida narxlar oshishi sababli benzin eksportini qisqartirish masalasini ko’rib chiqayotganini ma’lum qilgan edi. Xo’sh, ta’minotning kamayishi O’zbekistonga qanday ta’sir qilishi mumkin? Ochiqlangan ma’lumotlarga ko’ra, 2023-yilning to’rt oyida O’zbekistonning deyarli barcha – 97,7 foiz benzin importi Rossiya hissasiga to’g’ri keladi. Mamlakat Rossiyadan o’tgan yilga nisbatan 2,3 baravar ko’p — 327,8 mln litr […]

Batafsil...

Rossiyaning SLAVA brendi O’zbekistonda do’kon ochmoqchi

SLAVA kompaniyasi rossiyalik dizaynerlar mahsulotlarini Osiyo bozorlariga chiqaradi Rossiyaning “SLAVA” dizaynerlik kiyimlari va aksessuarlari brendi MDH mamlakatlari bozorlariga chiqishga hozirlik ko’rmoqda. Tarmoq yaratuvchisi Aleksandr Peremyatov “Izvestiya” nashriga ma’lum qilishicha, tarmoqning universal do’konlari Belarus va O’zbekistonda ochilishi rejalashtirilgan. “Xitoy bozori hozir Rossiya kompaniyalari uchun eng istiqbolli ko’rinadi va biz rossiyalik dizaynerlarni Osiyo bozorlariga olib chiqish yo’llari ustida […]

Batafsil...

Rossiyaning benzin eksportini cheklashi O’zbekistonga qanday ta’sir qilishi mumkin?

O’zbekiston benzin importining 97,7 foizi Rossiya hissasiga to’g’ri keladi Avvalroq, Rossiya hukumati birja savdolarida narxlar oshishi sababli benzin eksportini qisqartirish masalasini ko’rib chiqayotgani haqida xabar bergan edik. Xo’sh, ta’minotning kamayishi O’zbekistonga qanday ta’sir qilishi mumkin? O’tgan yili O’zbekistonda 1,26 mln tonna (880,4−924,4 mln litr) benzin ishlab chiqarilgan bo’lib, bu 2021-yilga nisbatan 11,4 foizga ko’pdir. 2023-yilning yanvar-aprel […]

Batafsil...

Singapurning STIE kompaniyasi Toshkent metrosini rivojlantirishga yordam beradi

SCE O’zbekistonda tadbirkorlik va “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishga yordam beradi O’zbekiston-Singapur biznes-forumida “Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasi va Singapurning STIE kompaniyasi o’rtasida Toshkent metropolitenini rivojlantirish bo’yicha bitim imzolandi. Kelishuv Toshkent metrosining transport infratuzilmasini loyihalash, yangi liniya va stansiyalarni qurish, rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo’yicha maslahatlashuvlarni o’tkazishni nazarda tutadi. Hujjatni bajarish muddati — 2023−2026-yillar etib ko’rsatilgan. STIE […]

Batafsil...

Singapur o’zbek kompaniyalariga ASEAN mintaqasini jalb etish uchun yaxshi bazaga aylanishi mumkin

Halima Yaqub o’zbek kompaniyalarini Singapur va Janubi-Sharqiy Osiyodagi imkoniyatlarni ko’proq o’rganishga chaqirdi Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Singapur prezidenti davlat tashrifi bilan O’zbekistonda bo’lib turibdi. Halima Yaqub tashrifdan oldin “Dunyo” agentligiga bergan intervyusida o’zbek kompaniyalariga o’z tavsiyalarini berdi: “O’zbekiston prezidentining Singapurga tashrifi chog’ida rivojlanish sohasidagi tajribamizni o’rtoqlashganimizdan xursand bo’ldik. Tashrifim davomida Toshkentdagi Davlat boshqaruvi akademiyasiga boraman, hozir mazkur […]

Batafsil...

O’zbekiston va Rossiya Jizzaxda atom elektr stansiyasi qurish shartlarini deyarli kelishib oldi

Atom elektr stansiyasining “yuragi” VVER-1200 reaktorli ikkita blokdan iborat bo’ladi Rossiya TIV O’zbekistonda atom elektr stansiyasini qurish shartlari bo’yicha yuqori darajadagi kelishuvga tayyorligini ma’lum qildi, deb yozmoqda “TASS” nashri. Avvalroq Rossiya va O’zbekiston atom elektr stansiyasini qurish bo’yicha shartnoma ustida ishlayotgani ma’lum bo’lgan edi. Elektr stansiyasining “yuragi” VVER-1200 reaktorli ikkita blokdan iborat bo’lishi aytilmoqda. “O’zbekiston […]

Batafsil...

O’zbekiston to’rt oy ichida 3 mlrd dollardan ko’proq oltin eksport qildi

Eksport hajmi anchagina qimmatbaho metall sotganimizga qaramay importdan ortda qolmoqda Yanvar-aprel oylarida O’zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 19,6 mlrd dollarni tashkil etdi va o’tgan yilning shu davriga nisbatan 13,4 foizga o’sdi. To’rt oy davomida eksport hajmi o’tgan yilga nisbatan 6,2 foizga o’sib, 7,66 mlrd dollarni tashkil etgan. Import yanada sezilarli – 8,6 foizga, ya’ni 11,91 mlrd […]

Batafsil...

O’zbekiston va xorijiy kompaniyalar o’rtasida qanday kelishuvlarga erishildi?

YTTB Boshqaruvchilar Kengashining 32-yillik yig’ilishida O’zbekiston xorijiy kompaniyalar bilan bir qator loyihalarni amalga oshirishga kelishdi Samarqandda o’tkazilayotgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik yig’ilishida bir qator kelishuvlar amalga oshirildi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziligi matbuot xizmati xabar berdi. Xususan, “Mastercard” inklyuziv taraqqiyot markazi YTTB bilan o’zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Hujjat […]

Batafsil...

O’zbekiston ichki bozorida piyoz narxi eksport tufayli yuqoriligicha qolmoqda

O’zbekistonda sifatli piyozning ulgurji narxi bir kilogrammi uchun 0,39 dollarga yetdi. O’tgan oydagi ikki haftalik barqarorlikdan so’ng, piyoz narxi sezilarli ko’tarilib, mahsulotning 1 kg narxi qariyb 4500 so’mdan sotilmoqda. Mutaxassislarning fikricha, bahorning so’ngi oyi uchun bu rekord darajadagi yuqori narx hisoblanadi. Ekspertlar piyozning bir yil avvalgidan 44 foizga qimmatroq ekanligini ta’kidlashyapti. Yilning ayni davri uchun […]

Batafsil...

Mastercard O’zbekistonda birinchi rasmiy vakolatxonasini ochadi

Mastercard kichik biznes va ayollar uchun raqamli imkoniyatlarni kengaytirmoqchi Samarqandda bo’lib o’tgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB)ning yillik konferensiyasi chog’ida Mastercard global to’lov texnologiyalari kompaniyasi O’zbekistonda o’zining birinchi rasmiy vakolatxonasi ochilishini ma’lum qildi. “Rasmiy vakolatxonani ochish bizga joylardagi ehtiyojni yaxshiroq tushunish imkonini beradi va biz eng zamonaviy raqamli texnologik yechimlarni taklif etib, yanada g’ayrat […]

Batafsil...

O’zbekiston Rossiyaning “aqlli lift”larini sotib oldi

O’zbekiston Rossiyadan 200 mln rubl qiymatidagi lift sotib olyapti O’zbekiston Rossiya bilan yangi ko’p qavatli uylar uchun liftlar yetkazib berish bo’yicha shartnoma tuzdi, deya xabar bermoqda “Vestnik Kavkaza” nashri. Qayd etilishicha, liftlarni Moskva shahrida joylashgan “Shcherbinskiy” zavodi yetkazib beradi. “Rossiyadagi yirik liftsozlik zavodlaridan biri birinchi marta o’zbekistonlik qurilish kompaniyalari bilan uch yil davomida jihozlar yetkazib […]

Batafsil...

O’zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 230 mln dollarga qisqardi

O’zbekistonning xalqaro zaxiralari aprel oyida 230 mln dollarga qisqarib, 35,2 mlrd dollarni tashkil etdi O’zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari aprel oyida 230 mln dollarga qisqargan holda 35,2 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi. Xorijiy valyutadagi zaxiralar qisqarishda davom etmoqda — 9,93 mlrd dollar (-181,4 mln dollar). Yil boshidan buyon valyuta zaxiralari 1,71 […]

Batafsil...

Yangi sanksiyalar paketi: O’zbekistonda yuqori texnologik mahsulotlarning narxi oshadimi?

YI ma’muriyati a’zo davlatlardan O’zbekistonni ham “jazolash”ni so’ramoqda, – Bloomberg Yevropa Ittifoqi (YI) ma’muriyati Rossiyaga qarshi yangi 11-sanksiya paketi doirasida ayrim texnologiyalarni eksport qilishni taqiqlashni ko’rib chiqmoqda. Shuningdek, YI ilk bora bir nechta Xitoy kompaniyalari uchun qattiq savdo cheklovlarini joriy qilishi, tovarlar va texnologiyalar bilan ta’minlovchi firmalarga qarshi jiddiy choralar qo’llashi mumkin. Bloomberg nashri tomonidan […]

Batafsil...

O’zbekistonning turizm mahsulotini xorijga targ’ib qilish uchun 50 mlrd so’m xarajat qilinadi

Turoperatorlar uchun subsidiyalar, bojxona imtiyozlari, aviakompaniyalarni xususiylashtirish va boshqalar Prezidentning yangi qarorida Mamlakatning turizm salohiyatini rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini oshirishga qaratilgan prezident qarori qabul qilindi. Unga ko’ra, joriy yil uchun mahalliy aviaqatnov yo’nalishlarini subsidiyalashga qo’shimcha 30 mlrd so’m miqdorida mablag’ ajratiladi. Turoperatorlarga subsidiya ajratiladi 1-maydan 2024-yilning 1-iyuliga qadar tajriba tarzida turoperator xizmatlarini ko‘rsatuvchi […]

Batafsil...

Uch oyda “UzAuto Motors” 260 mlrd so’mga yaqin foyda ko’rgan

UzAuto Motors’ning sof foydasi o’tgan yilga nisbatan qariyb 44 foizga kamaydi Joriy yilning birinchi choragida “UzAuto Motors” kompaniyasining sof tushumi 8,8 trln so’mni tashkil etdi. Bu haqda kompaniyaning moliyaviy hisobotida keltirilgan. Yanvar-mart oylarida ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxi 7,6 trln so’mni, yalpi foyda 1,2 trln so’mni hamda avtosanoat xarajatlari 948,9 mlrd so’mni tashkil etdi. Bundan tashqari, kompaniya […]

Batafsil...

Parallel import: YI O’zbekistonga keng qamrovli sanksiyalar qo’llashi mumkin

YI: O’zbekiston hududi orqali Rossiyaga taqiqlangan tovarlar yetkazilyapti Yevropa Ittifoqi (YI) O’zbekiston G’arb sanksiyalarini chetlab o’tish uchun postsovet mamlakatlari bozorlaridan yangi “xab”lar yaratishga urinayotgan Rossiyaga yordam berayotgani uchun sanksiyalarga tushishi mumkinligiga ishora qilmoqda. YIning maxsus vakili Devid O’Sallivan 27-aprel kuni Toshkentga tashrifi chog’ida tegishli choralar ko’rish bilan tahdid qilgan. Uning ta’kidlashicha, YI dunyoning uchinchi davlatlari, […]

Batafsil...

Davlat qarzi yalpi ichki mahsulotning 60 foizidan ko’p bo‘lmasligi kerak

Prezident “Davlat qarzi to’g’risida”gi qonunni imzoladi Davlat organlarining davlat qarzini boshqarish sohasidagi vakolatlari belgilandi.  Iqtisodiyot va moliya vazirligi davlat qarzini boshqarish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi. Qonunga ko’ra, davlat qarzini boshqarish quyidagilardan iborat: – Davlat qarzini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish; – Davlat tomonidan mablag’ jalb etish; – Davlat tomonidan jalb qilingan mablag’larni boshqarish; – Davlat qarzi bilan […]

Batafsil...

O’zbekistonda referendum o’tgan deb topildi

O’zbekiston Konstitutsiyasining yangi tahriri bo’yicha referendum o’tgan deb topildi O’zbekiston Konstitutsiyasining yangi tahriri bo’yicha referendum o’tgan deb topildi, deya ma’lum qildi Markaziy saylov komissiyasi (MSK) raisi o’rinbosari Bahrom Qo’chqorov. Soat 13:00 holatiga 12 mln 83 ming 105 kishi yoki ro’yxatga olingan jami ovoz beruvchi fuqarolarning 62,24 foizi ovoz berib bo’lgan. Ma’lumot uchun, soat 10:00 holatiga […]

Batafsil...

O’zbekistonda 1-maydan qanday o’zgarishlar kuchga kiradi?

Oshayotgan ish haqi, yoshlarga qaytarilayotgan ijtimoiy soliq to’lovlari hamda “imtiyozli” jarimalar. 1-maydan O’zbekiston qonunchiligida nimalar o’zgaradi? Imtiyozli transport kartalari “ishga tushadi” 1-maydan shahar yo’lovchilar transportida ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalari respublikaning barcha shaharlarida beriladi. Prezident qaroriga muvofiq shahar yo’lovchilar transportida ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish respublikaning […]

Batafsil...

O’zbekiston Rossiyaga yuk tashish hajmini qariyb 60 foizga oshirdi

Rossiyadan O’zbekistonga yuk tashish bo’yicha murojaatlar soni 68 foizga ko’paygan 2023-yilning birinchi choragida O’zbekistondan Rossiyaga yuk tashish hajmi 59 foizga oshdi, deya xabar bermoqda “Kommersant” nashri o’z manbalariga tayanib. Shuningdek, Qozog’iston (uch barobar o’sish) va Qirg’izistondan (ikki barobar) Rossiyaga yuk tashish hajmi yanada oshdi. Bozor ishtirokchilarining ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan avtomobil transporti oqimlarining yo’qolishi […]

Batafsil...

O’zbekiston bozorlarida pomidor narxi tushyapti

O’zbekistonda qizil va pushti pomidorlar narxi arzonlashdi “East Fruit” tahlilchilarining yozishicha, 2023-yilning 7-aprelidan 14-apreliga qadar qizil dumaloq pomidorning o’rtacha ulgurji narxi 1 kg uchun 33 ming so’mdan 22 ming so’mgacha pasaygan. Ushbu mahsulot narxi ketma-ket ikkinchi marta tushayotganligini inobatga olsak, joriy yilning 31-martidan ayni paytgacha qizil dumaloq pomidorning ulgurji narxi o’rtacha 36 ming so’mdan 22 […]

Batafsil...

O’zbekistonda sabzi narxi rekord darajaga ko’tarildi

O’zbekiston bozorlarida sabzining ulgurji narxi 50 foizga qimmatlagan 2022-yil bahorida O’zbekiston poytaxtidagi ulgurji bozorlarda yangi hosil sabzisining birinchi yirik partiyalari mart oyining 20-sanalarida, 2021-yilda esa ushbu mahsulotning ilk ulgurji partiyalari taxminan mart oyi o’rtalaridan boshlab bozorga chiqqan edi. Biroq o’tgan hafta oxiriga kelib ham, poytaxtning ulgurji bozorlarida yangi hosilning yirik partiyalari chiqmadi, ya’ni mazkur turdagi […]

Batafsil...