Метка: #import

O’zbekiston to’rt oy ichida 3 mlrd dollardan ko’proq oltin eksport qildi

Eksport hajmi anchagina qimmatbaho metall sotganimizga qaramay importdan ortda qolmoqda Yanvar-aprel oylarida O’zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 19,6 mlrd dollarni tashkil etdi va o’tgan yilning shu davriga nisbatan 13,4 foizga o’sdi. To’rt oy davomida eksport hajmi o’tgan yilga nisbatan 6,2 foizga o’sib, 7,66 mlrd dollarni tashkil etgan. Import yanada sezilarli – 8,6 foizga, ya’ni 11,91 mlrd […]

Batafsil...

O’zbekiston 20 mln dollarga gaz sotib, 151 mln dollarlik gaz xarid qilgan

O’zbekistonda gaz qazib olish hajmi yuqori sur’atlarda pasayib borishi fonida o’tgan oyda gaz importi keskin oshgan. Agar yanvar va fevral oylarida 1,7 mln dollar qiymatidagi gaz import qilingan bo’lsa, birgina mart oyining o’zida 151,2 mln dollarga gaz sotib olingan. Gaz qaysi mamlakatlardan va qanday narxlarda sotib olingani to’g’risidagi ma’lumotlar esa ochiqlanmagan. Mart oyida O’zbekiston neft, […]

Batafsil...

Ayrim qishloq xo‘jaligi texnikalari bojxona to‘lovlari va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi

2025-yilgacha xorijdan olib kelinadigan qishloq xo’jaligi texnikalari hamda ehtiyot qismlari bojxona to’lovlari va utilizatsiya yig’imidan ozod qilinadi Prezident qarori bilan 2023-yil 1-apreldan tegishli ro’yxat bo’yicha xorijdan olib kelinadigan barcha turdagi qishloq xo’jaligi texnikalari, agregatlari hamda ularning butlovchi buyumlari va ehtiyot qismlari 2025-yilgacha bojxona to’lovlaridan va utilizatsiya yig’imidan ozod qilinadi. 29-mart kuni “Agrar sektorni zamonaviy qishloq […]

Batafsil...

Import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha cheklovlar vaqtinchalik bekor qilindi

O’zbekistonga olib kiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarining davlat tilida majburiy markalash tartibi vaqtinchalik to‘xtatildi Oʻzbekiston Prezidentining narxlar barqarorligini taʼminlash toʻgʻrisidagi farmonidan kelib chiqib, import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarining oʻzbek tilida majburiy markalanishi 2024-yil 1-yanvarga qadar “muzlatilgan”. Avvalgi belgilangan muddat shu yil boshida tugagan edi. Shuningdek, farmonda davlat buyurtmachilari tomonidan import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha cheklovlar ham […]

Batafsil...

O‘zbekiston qiymati 630 million AQSh dollaridan yuqori bo’lgan samolyot import qildi

Yanvar oyida O‘zbekiston qiymati 633,1 million dollariga teng 13 ta samolyot sotib oldi. Joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston qiymati 633,1 million dollarlik 13 ta samolyot sotib oldi, deb xabar beradi Davlat statistika qoʻmitasi. Xarid qilingan samolyotlarning deyarli yarmi Germaniyadan olib kelingan. Bir oy ichida respublika 421,7 million dollarga 6 dona nemis samolyotlarini sotib olgan. Aytish […]

Batafsil...

O’zbekiston televizorlarini sotib olish bo’yicha Rossiya yetakchilik qilmoqda

2022-yilda O’zbekiston 43.4 million AQSh dollariga teng miqdordagi televizor eksport qilgan. Bu haqida Davlat statistika qo’mitasi xabar bermoqda. Yil davomida mamlakatimiz xorijga 237 ming donadan ortiq televizor sotgani ma’lum bo’ldi. Eksport hajmi 2021-yilga nisbatan deyarli ikki baravarga oshgan. Jumladan, olti oy davomida birgina Rossiyaning import ko’rsatkichi 7.5 baravarga o’sgan. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, Rossiya federatsiyasi o’zbek […]

Batafsil...