Метка: #Markaziy bank

“Aholining qo‘lida 12 mlrd dollarga yaqin mablag’ bor” — MB raisi

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov Senatning 41-yalpi majlisida aholi qo’lida 12 mlrd dollar pul bor ekanini aytib, bank sektori bu mablag’ning barchasini jalb qila olmasligini, lekin aholi pullarini bankka topshirish tendensiyasi mavjudligini qayd etdi. Regulyator rahbari aholi omonatlari tarkibida xorijiy valyutadagi omonatlarni bir yildan yuqori muddatga qo’yish 9 foizga kamayganiga izoh berib, quyidagi ma’lumotlarni keltirib o’tdi: […]

Batafsil...

O’zbekistonliklar narxlar sun’iy oshirilishidan xavotirda

So’rovnomada narxlarning sun’iy ko’tarilishi omili 22 punktga oshib, 40 ball to’plagan O’zbekiston aholisi va tadbirkorlarning keyingi 12 oy davomida inflyatsion kutilmalari pasayishda davom etyapti. Markaziy bank o’tkazgan so’rov yakunlarida bu haqda so’z boradi. Aholi inflyatsion kutilmalari o’rtacha 14,1 foiz (mart oyiga nisbatan -0,3 foiz), tadbirkorlarda — 13,9 foiz (-0,2 foiz)ni tashkil etdi. Shu bilan birga, […]

Batafsil...

Korzinka kassalarida kartadan naqd pul yechim olish mumkin bo’ladi

  Korzinka do’konlar tarmog’i kassalarida kartadan naqd pul yechim olish mumkin bo’ladi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi. “O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan moliyaviy xizmatlar sohasidagi maxsus huquqiy rejimni joriy etish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 26- va 27-bandlariga ko’ra, “Tartibga solish qumdoni” ro’yxatiga quyidagi ma’lumotlar kiritilmoqda. “Tartibga solish qumdoni” ro’yxatiga quyidagi ma’lumotlar kiritilmoqda: – […]

Batafsil...

Endilikda Humo va Uzcard terminallari ikkala kartalarni ham qabul qila oladi

“Humo va Uzcard to’lov tizimlari integratsiyasi 10 kun ichida respublika bo’ylab to’liq ishga tushiriladi” — Mamarizo Nurmurodov, MB raisi Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov so’zlariga ko’ra, to’lov tizimlari integratsiyasi ishlari yakunlanish arafasida, hozirda bir nechta banklarda bu tizim pilot loyiha tarzida amalga oshirilmoqda. Uning qo’shimcha qilishicha, yaqin 10 kun ichida ikkala to’lov tizimining to’liq integratsiyalashuvi […]

Batafsil...

Markaziy bank asosiy stavkani o’zgarishsiz qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o’zgarishsiz qoldirish to’g’risida qaror qabul qildi Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o’zgarishsiz qoldirdi. “Bazaviy inflyatsiya darajasining umumiy inflyatsiyadan yuqoriligi iqtisodiyotda ma’lum bir inflyatsion xatarlarni saqlanib qolayotganligini ifodalaydi. Ayni paytda, xizmat ko’rsatish sohasidagi narxlarda barqaror o’sish tendensiyalari kuzatilmoqda. Aksariyat mamlakatlarda bazaviy inflyatsiyaning yuqoriligicha qolayotganligi, qat’iy […]

Batafsil...

O’zbekistonda mayda pullar kamayib bormoqda

O’zbekistonda muomalaga chiqarilgan naqd pullar hajmi 2,2 trln so’mga kamaydi Markaziy bank O’zbekistonda 2023-yil yanvar–mart oylarida muomalaga chiqarilgan naqd pullar hajmi 2,2 trillion so’mga kamaygani haqida xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, 2023-yilning 3 oyi davomida 1000 so’mlik (1-yanvar holati bo’yicha umumiy naqd pullarga nisbatan 0,9 foizni tashkil etgan bo’lsa, 1-aprel holatiga ko’ra 0,4 foiz bo’lgan) , […]

Batafsil...

O’zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 35,4 mlrd dollarga yetdi

Mart oyida O’zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari qariyb 1,5 mlrd dollarga oshdi Markaziy bank 1-aprel holatiga O’zbekistonning xalqaro zaxiralariga oid ma’lumotlarni taqdim etdi. O‘tgan bir oyda mamlakatning oltin-valyuta zaxiralari 35,4 mlrd dollarga yetdi. Natijada ko’rsatkich fevral oyiga nisbatan 1,4 mlrd dollarga oshgan. Fevral oyida mamlakat yalpi xalqaro zaxiralari 1,8 mlrd dollarga yoki 5 foizga kamaygandi. Mart oyiga […]

Batafsil...

Shubhali operatsiyalar bo’yicha yangi qoidalar omonatlar yoki kreditlarga tatbiq etilmaydi

Shubhali operatsiyalarni aniqlashda omonat va kredit hisobvaraqlari orqali amalga oshirilgan operatsiyalar hisobga olinmaydi Markaziy bank matbuot xizmati shubhali operatsiyalar ro‘yxatining kengaytirilishi, xususan, ular orasidagi 30 kun ichida mobil ilova orqali kartadan boshqa karta yoki elektron hamyonga BHMning 500 baravari (150 mln so‘m) va undan ortiq miqdorda pul o’tkazish ham borligi yuzasidan izoh berdi. Regulyatorning qayd […]

Batafsil...

Muomaladagi bank kartalari soni 34 milliondan oshdi

O‘zbekistonda bank kartalari soni 34,2 million donaga yetdi 2022-yilda aholi va tadbirkorlik sub’yektlari qo‘lidagi bank kartalari soni 7 million donaga ko‘paydi. O‘tgan yilda bank kartalari soni 20,8 foizga o‘sgan edi. Oxirgi 4 yildagi raqamlarga e’tibor bersak, 2022-yilda bank kartalarining soni juda tez ortganini kuzatishimiz mumkin. Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, aholi va tadbirkorlik […]

Batafsil...

Bir nechta banklarga ogohlantirilish berildi

Markaziy bank 9 ta tijorat bankini ogohlantirdi “Kapitalbank”, “Anorbank” va “Ravnaq-bank” iqtisodiy sanksiyalar va eksportga taqiqlar bilan bog‘liq xatarlarni boshqarishga doir yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun ogohlantirildi. Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan 2023-yilning yanvar oyi davomida aniqlangan qoidabuzarlik holatlari bo‘yicha banklar, nobank mikromoliya tashkilotlari va to‘lov tashkilotlariga nisbatan ta’sirchan choralar ko‘rilgan. […]

Batafsil...

Eksport hajmi 23 foizga oshib, 15.1 milliard AQSh dollariga yetdi – Markaziy bank

Oltinni hisobga olmaganda eksport qariyb chorak foizga o’sdi va 15,1 milliard dollarni tashkil etdi. Tovarlarni yetkazib berishdan tushgan daromad 11,8 milliard dollarga (+18 foiz) yetdi. O‘zbekistonning yetakchi eksport mahsuloti to‘qimachilik va trikotaj mahsulotlari – 3,3 milliard dollar, undan keyingi o‘rinlarni metall va metall buyumlar – 1,7 milliard dollar, minerallar va o‘g‘itlar – 1,3 milliard dollar […]

Batafsil...