Метка: #Rossiya

Rossiyaning ehtimoliy benzin eksporti cheklovi O’zbekistonga ta’sir qiladimi?

Avvalroq, Rossiya hukumati birja savdolarida narxlar oshishi sababli benzin eksportini qisqartirish masalasini ko’rib chiqayotganini ma’lum qilgan edi. Xo’sh, ta’minotning kamayishi O’zbekistonga qanday ta’sir qilishi mumkin? Ochiqlangan ma’lumotlarga ko’ra, 2023-yilning to’rt oyida O’zbekistonning deyarli barcha – 97,7 foiz benzin importi Rossiya hissasiga to’g’ri keladi. Mamlakat Rossiyadan o’tgan yilga nisbatan 2,3 baravar ko’p — 327,8 mln litr […]

Batafsil...

Rossiyaning SLAVA brendi O’zbekistonda do’kon ochmoqchi

SLAVA kompaniyasi rossiyalik dizaynerlar mahsulotlarini Osiyo bozorlariga chiqaradi Rossiyaning “SLAVA” dizaynerlik kiyimlari va aksessuarlari brendi MDH mamlakatlari bozorlariga chiqishga hozirlik ko’rmoqda. Tarmoq yaratuvchisi Aleksandr Peremyatov “Izvestiya” nashriga ma’lum qilishicha, tarmoqning universal do’konlari Belarus va O’zbekistonda ochilishi rejalashtirilgan. “Xitoy bozori hozir Rossiya kompaniyalari uchun eng istiqbolli ko’rinadi va biz rossiyalik dizaynerlarni Osiyo bozorlariga olib chiqish yo’llari ustida […]

Batafsil...

Rossiyaning benzin eksportini cheklashi O’zbekistonga qanday ta’sir qilishi mumkin?

O’zbekiston benzin importining 97,7 foizi Rossiya hissasiga to’g’ri keladi Avvalroq, Rossiya hukumati birja savdolarida narxlar oshishi sababli benzin eksportini qisqartirish masalasini ko’rib chiqayotgani haqida xabar bergan edik. Xo’sh, ta’minotning kamayishi O’zbekistonga qanday ta’sir qilishi mumkin? O’tgan yili O’zbekistonda 1,26 mln tonna (880,4−924,4 mln litr) benzin ishlab chiqarilgan bo’lib, bu 2021-yilga nisbatan 11,4 foizga ko’pdir. 2023-yilning yanvar-aprel […]

Batafsil...

Rossiyaning Bork maishiy texnika brendi O’zbekistonda do’konlarini ochyapti

Bork maishiy texnika brendi O’zbekiston, BAA va Turkiyada do’konlarini ochadi — Vedomosti Rossiyaning “Bork” maishiy texnika brendi O’zbekiston, BAA va Turkiyada do’konlarini ochadi. Qayd etilishicha, do’konlar 2023-yil oxiri yoki 2024-yil boshida ochilishi rejalashtirilgan. Ko’chmas mulk bo’yicha maslahatchi Anna Savchenkoning so’zlariga ko’ra, yangi bozorlarga kirishda brend o’z mahsulotlarining tan olinishini oshirishi kerak bo’ladi. Shu bilan birga, […]

Batafsil...

Yangi sanksiyalar paketi: O’zbekistonda yuqori texnologik mahsulotlarning narxi oshadimi?

YI ma’muriyati a’zo davlatlardan O’zbekistonni ham “jazolash”ni so’ramoqda, – Bloomberg Yevropa Ittifoqi (YI) ma’muriyati Rossiyaga qarshi yangi 11-sanksiya paketi doirasida ayrim texnologiyalarni eksport qilishni taqiqlashni ko’rib chiqmoqda. Shuningdek, YI ilk bora bir nechta Xitoy kompaniyalari uchun qattiq savdo cheklovlarini joriy qilishi, tovarlar va texnologiyalar bilan ta’minlovchi firmalarga qarshi jiddiy choralar qo’llashi mumkin. Bloomberg nashri tomonidan […]

Batafsil...

Parallel import: YI O’zbekistonga keng qamrovli sanksiyalar qo’llashi mumkin

YI: O’zbekiston hududi orqali Rossiyaga taqiqlangan tovarlar yetkazilyapti Yevropa Ittifoqi (YI) O’zbekiston G’arb sanksiyalarini chetlab o’tish uchun postsovet mamlakatlari bozorlaridan yangi “xab”lar yaratishga urinayotgan Rossiyaga yordam berayotgani uchun sanksiyalarga tushishi mumkinligiga ishora qilmoqda. YIning maxsus vakili Devid O’Sallivan 27-aprel kuni Toshkentga tashrifi chog’ida tegishli choralar ko’rish bilan tahdid qilgan. Uning ta’kidlashicha, YI dunyoning uchinchi davlatlari, […]

Batafsil...

O’zbekistonlik mutaxassis Rossiya Iqtisodiyot vaziri ma’lumoti yolg’onligini fosh etdi

Rossiya Iqtisodiy taraqqiyot vaziri Toshkent xalqaro investitsiya forumida qanday “statistik” yolg’on ishlatdi? Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov so’nggi yetti yilda mamlakatdagi o’zbekistonlik migrantlar soni 4 barobarga oshganini ma’lum qildi. “So’nggi yetti yil ichida Rossiyaga ishlash uchun ketgan o’zbekistonliklar soni to’rt barobarga oshdi”, – dedi u Toshkent xalqaro investitsiya forumida. “Agar Reshetnikovga ishonilsa, O’zbekistonda odam […]

Batafsil...

O’zbekiston Rossiyaga yuk tashish hajmini qariyb 60 foizga oshirdi

Rossiyadan O’zbekistonga yuk tashish bo’yicha murojaatlar soni 68 foizga ko’paygan 2023-yilning birinchi choragida O’zbekistondan Rossiyaga yuk tashish hajmi 59 foizga oshdi, deya xabar bermoqda “Kommersant” nashri o’z manbalariga tayanib. Shuningdek, Qozog’iston (uch barobar o’sish) va Qirg’izistondan (ikki barobar) Rossiyaga yuk tashish hajmi yanada oshdi. Bozor ishtirokchilarining ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan avtomobil transporti oqimlarining yo’qolishi […]

Batafsil...

Qrimlik tadbirkor Jizzax akkumulyator zavodini sudga berdi

Qrimlik tadbirkor O’zbekistondagi akkumulyator zavodidan 257 million rubl talab qilmoqda Qrimlik tadbirkor Jizzax akkumulyator ishlab chiqarish zavodini intellektual mulk huquqlarini buzganlikda ayblamoqda. “Qrim sudi mahalliy tadbirkor Artem Paliychukning Rostov kompaniyasi va Jizzax akkumulyator zavodiga nisbatan ro’yxatdan o’tkazgan savdo belgisidan foydalanganligi uchun tovon undirish to‘g‘risidagi da’vosini ko‘rib chiqadi”, – deya xabar bermoqda “Kommersant” nashri. Gap o’zbekistonlik […]

Batafsil...

Rossiyalik investorlar O‘zbekiston bozorlarini sotib olmoqchi

Rus nashrlarining yozishicha, Rossiyalik investorlar O‘zbekistondagi sharqona bozorlarni sotib olishni xohlashmoqda. Sababi, Markaziy Osiyo poytaxtlarida joylashgan bozorlarning qariyb 35 foizi potensial aralash foydalaniladigan obyektlar sifatida anchadan buyon investorlarni qiziqtiradi. Atlas byurosi mutaxassislari Toshkent, Olmaota, Dushanbe va Bishkekdagi 147 ta bozorni o’z ichiga olgan tadqiqot loyihasi doirasida shunday xulosaga kelishdi. Gap mintaqaviy ahamiyatga ega yopiq bozorlar […]

Batafsil...

Ko’p qutbli dunyo: Putin tashqi savdoda Xitoy yuanidan foydalanishga rozi

Rossiya tashqi savdoda Xitoy yuanidan foydalanish tarafdori Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Jinping Moskvada muzokara o‘tkazdi. Kommersant’ davlat rahbarlarining bayonotidan qisqacha iqtiboslar keltirdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin: – Muzokaralar muvaffaqiyatli va konstruktiv tarzda o‘tdi; – Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar tarixdagi eng yuqori darajada; – Xitoy tinchlik rejasining ko‘plab qoidalari Ukrainadagi kelishuv uchun […]

Batafsil...

Rossiyadagi o’zbeklarga norasmiy kurerlik xizmatida ishlamaslik maslahat berilyapti

Norasmiy kurerlik xizmati bilan shug’ullanish Rossiyadagi o’zbeklarning qamalishiga olib kelishi mumkin Rossiyada qamalgan xorijliklar, jumladan O‘zbekiston fuqarolari Ukrainadagi harbiy harakatlarga jalb etilishi holatlari ko‘payganligi sir emas. Ayni paytda, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonliklarni norasmiy yetkazib berish xizmatlarida ishlamaslikka va ular uchun asossiz katta miqdorda pul taklif qilayotgan tovarlarni yetkazib bermaslikka chaqirmoqda. […]

Batafsil...

Rossiya korxonalari podshipniklar ishlab chiqarish hajmini oshiradi

Rus kompaniyalari O’zbekiston va Xitoyga podshipniklar yetkazib bermoqda Rossiyaning innovatsion harakat tarkibi uchun podshipniklar ishlab chiqaruvchilari allaqachon O’zbekiston va Xitoyga o’z mahsulotlarini yetkazib berishni boshladilar. Bu haqda Rossiya sanoat va savdo vazirligi rahbari o‘rinbosari Albert Karimov ma’lum qildi. Uning so’zlariga ko’ra, O‘zbekiston va Xitoy ishlab chiqaruvchilari sertifikatlashdan o‘tgan. “Ayni paytda korxonalarimiz podshipniklarni yetkazib berish hajmini […]

Batafsil...

Turkiya sanksiyalangan tovarlarni Rossiyaga yetkazib berishni to‘xtatadi

Turkiya bojxona tizimi sanksiyalar ro’yxatidan joy olgan tovarlarni Rossiyaga tranzitini bloklaydi Turkiya bojxona tizimi sanksiyalangan tovarlarning Rossiyaga tranzitini blokladi, deb xabar beryapti “Kommersant FM” insayderlari tomonidan yetkazilgan ma’lumotlarga tayanib. “Kecha biz insayderlardan oldindan kelishilgan parvozlarni bron qilish bekor qilingani haqida xabarlarni oldik. Ularning aytishicha, Turkiya tomonidan shu paytgacha yetkazib berilayotgan mahsulotlar tranziti to’xtatilyapti”, — dedi […]

Batafsil...

FT: Rossiya qo‘shnilari yordamida Yevropa Ittifoqining sanksiyalarini chetlab o‘tmoqda

Rossiya qo’shni davlatlar yordamida G’arb sanksiyalarini chetlab o’tmoqdami? Yevropa Ittifoqi mutaxassisi bu borada jiddiy tekshiruv o’tkazilishini ma’lum qildi. Yevropa Ittifoqi mintaqadan Rossiyaning qo‘shnilariga tovar eksportining kutilmagan darajada o‘sishi, uchinchi dunyo mamlakatlari ushbu mahsulotlarni Rossiyaga sotish orqali Yevropa sanksiyalarini chetlab o‘tishga yordam berayotganliklarining belgisi ekanligidan xavotirda. Bu haqda Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Devid O’Sallivan […]

Batafsil...

Sanksiyalar fonida neft va gaz eksporti Rossiya iqtisodiyotining tayanchiga aylanmoqda

Xitoy va Hindistonning neftga bo’lgan “ishtaha”si Rossiya iqtisodiyotining tayanchiga aylandi Rossiya iqtisodiyoti 2022-yilda atigi 2,1 foizga qisqardi, bu bir qancha tahlilchilar tomonidan prognoz qilingan 12 foizlik zaiflashuvga nisbatan anchagina past ko’rsatkich. G’arb davlatlari importni cheklab, sanksiyalar qo’llaganiga qaramay, o’tgan yili Rossiyani qoralash hamda Ukrainadagi “operatsiyasi” tufayli sanksiyalarga qo’shilishdan bosh tortgan Xitoy va Hindiston Rossiya xom […]

Batafsil...

Qo’shma Shtatlar Rossiyadan alyuminiy importiga 200 foizlik tarif joriy qilyapti

AQSh hududiga Rossiya alyuminiyi va undan tayyorlanadigan mahsulotlarni olib kirish uchun 200 foizlik boj to’lanadi Joriy yilning 10-martidan AQSh hukumati Rossiya alyuminiyi va undan tayyorlanadigan mahsulotlarga 200 foizlik boj joriy qilmoqda, deb xabar bermoqda Oq uy matbuot xizmati. Bloomberg nashri birinchi marta sanksiyalarning davomi sifatida Rossiya metalliga nisbatan cheklovlar kiritilgani haqida xabar berdi. Prezident Jo […]

Batafsil...

Rossiya hukumati oʼzbekistonliklarni qurilish ishlariga jalb qilishni toʼxtatadi

Oʼzbekistonlik quruvchilarni jalb qilish dasturi boʼyicha muhojirlarning qariyb 65 foizi Rossiyaga kiritilmagan Rossiya Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi 2021-yil oktyabr oyida boshlangan Oʼzbekiston fuqarolarini Rossiya qurilish obʼektlariga jalb etish boʼyicha sinov loyihasini toʼxtatib turishni rejalashtirmoqda. Dastur doirasida ish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tartiblari Oʼzbekistonga oʼtkazildi. Rossiya hukumati dasturni davom ettirishni maʼqul koʼrmadi. Tajriba loyihasi […]

Batafsil...

O’zbekistonlik dizayner Rossiyada davlat xaridlari bo’yicha yirik firibgarlikda ayblanmoqda

O’zbekistonlik taniqli dizayner va modelyer Ferutdin Zakirov Rossiya Mudofaa vazirligini chuv tushirganlikda ayblanib, hibsga olindi. O‘zbekistonlik dizayner Ferutdin Zakirov yirik miqdordagi firibgarlikda gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda Kommersant nashri xabar bermoqda. Maʼlumotlarga koʻra, pandemiya davrida Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu vazirlikning bosh harbiy tibbiyot boshqarmasi (GVMU) ehtiyojlari uchun tibbiy asbob-uskunalar va shaxsiy himoya vositalari xarid […]

Batafsil...